Toşkent metrosida yana poyezd töxtab qoldi. «Toşkent metropoliteni» UK holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Joriy yil 24 may kuni ertalab soat 08:52da 4-sonli yönaliş böylab harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga köra «Hamid Olimjon» bekatida töxtab qolgan.

«Bu voqea haydovçi tomonidan poyezd nosozligi aniqlanişi munosabati bilan sodir böldi», deyiladi «Toşkent metropoliteni» xabarida.

Qayd etilişiça, yölovçilar vagonlardan tuşirilgan va poyezd zaxiraga, «Paxtakor» stansiyasining berk qismiga jönatilgan.

«16-sonli yönaliş böyiça orqadan kelayotgan poyezd yölovçilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanişni davom ettirdi. Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi rasmiy izohda.

Toşkent metrosida sönggi oylarda köplab köngilsiz hodisalar kuzatildi.

18 mart kuni «Olmazor» (Çilonzor yöli) va «Bekat-1» (Sergeli yöli) orasidagi tunnelda ikki poyezd töqnaşgandi.

7 aprel kuni Toşkent metrosida ikki poyezd töqnaşgani haqida xabar tarqaldi. Rasmiy izohda texnik sabablarga köra «Ğofur Ğulom» bekatida yölovçilar poyezddan tuşirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ötkazib yuborilgani, yölovçilar tuşirilgan poyezd boşqa poyezd yordamida şatakka olinib, «Beruniy» bekatiga olib kelingani ma'lum qilindi. 

8 aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yölda töxtab qoldi. Yölovçilar temir yöl böylab piyoda yurişga majbur böldi.

9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning oçiq eşiklar bilan harakati tuşirilgan video tarqaldi.