Xalqaro diniy erkinlik masalalari böyiça AQŞ komissiyasi Özbekistonda diniy erkinlikka rioya etilişi böyiça 2020 yilgi kuzatuvlari xulosasini taqdim etdi.
Hisobot avvalida Özbekistonda «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun yangilanayotganiga e'tibor qaratilgan.
Hukumat 2020 yil davomida xalqaro huquqşunos olimlar bilan din töğrisidagi qonunga özgartirişlar kiritiş masalasida maslahatlaşuvlar ötkazdi, deyiladi hisobotda.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston rasmiylarining iltimosiga köra, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) va Yevropa Kengaşining Venetsiya komissiyasi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini örganib çiqib, qöşma xulosa bergan.
Xulosada loyihadagi ayrim ijobiy yangiliklar e'tirof etilgan, biroq hukumat din va diniy erkinlik ustidan «qat'iy va keskin çoralar körişi mumkinligi» belgilangani salbiy qarşi olingan.
«Qonun loyihasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga va YeXHT oldida inson huquqlari borasida olingan majburiyatlarga töla mos kelişi uçun jiddiy qayta körib çiqilişi kerak», – deya ta'kidlangan YeXHT va Venetsiya komissiyasining qöşma xulosasida.
Xalqaro taşkilotlar qonun loyihasida diniy faoliyat va diniy taşkilotlar majburiy tartibda röyxatdan ötkazilişi, davlat röyxatidan ötkaziş uçun ortiqça talablar borligi, diniy materiallarga senzura saqlanib qolayotgani, davlat amaldorlarining diniy sohada haddan ziyod erkinligi va diniy taşkilotning avtonomiya huquqiga aralaşuv borligini tanqid qilgan.
AQŞ komissiyasi dokladida «taniqli huquq himoyaçisi»ga iqtibos keltirilgan holda aytilişiça, yangi tahrirdagi qonun loyihasining amaldagi qonundan deyarli farqi yöq, çunki unda «hali-hamon davlat ruxsatisiz din erkinligini amalga oşiriş taqiqlanadi, davlat ruxsatisiz diniy ta'lim beriş man etiladi, hukumat din haqidagi barça materiallarni senzura qiladi va diniga boşqalarni da'vat etiş taqiqlanadi».
Kun.uz Senat matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga köra, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning yangi tahriri yuqori palataga kelib tuşgan. Qonun hozirda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan körib çiqilmoqda.

















