Qimmatlagan uy-joylar, tadbirkorlarga imtiyozlar, bank siri qonunidagi o‘zgarishlar – haftaning iqtisodiy xabarlari
Yilning birinchi yarmiga yakun yasagan haftada O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim yangiliklar sodir bo‘ldi. Kun.uz haftaning «pullik» xabarlarini to‘pladi.
Davlat budjeti xarajatlari oshiriladi
Davlat budjeti xarajatlari 13,1 trillion so‘mga oshiriladi. Turizm obektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash uchun ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, oliy o‘quv muassasalariga davlat grantida qabul ko‘rsatkichlarini 25 foizga oshirish uchun ham pul ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
1 iyuldan tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
- 2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulgacha asosiy faoliyati parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlarga foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi;
- Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning rivojlanishi uchun imtiyozlar beriladi;
- QQS to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga subsidiyalar beriladi.
2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,6 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6 foiz, 2022 yilda esa 6 foizga o‘sishini prognoz qildi.
Xalqaro ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari — xizmatlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi — 2021 yilda o‘sishga erishadi.
Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar o‘nligini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 835,4 mln dollarlik eksport bilan Xitoy birinchi pog‘onani egallagan. Shuningdek, Turkiya (694,1 mln) va Rossiya (658,6 mln) ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini band qilgan.
O‘zbekistonda uy-joy narxi 5 foizga qimmatladi
O‘zbekistonda 2-chorakda uy-joy narxi 1-chorakka nisbatan 5 foizga qimmatlagan. Bu pandemiya davrida «kechikkan talab» omili bilan izohlanmoqda.
Joriy yilning aprel oyidan iyungacha O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish shartnomalari bo‘yicha yanvar-mart oylariga nisbatan 38 foiz ko‘proq bitimlar tuzilgan.
Navoiydagi oltin koni 10 million dollarga sotuvga qo‘yildi
2021 yil 1 iyul kuni OLX.uzda Navoiy viloyatidagi oltin koni sotuvga chiqarilgani haqida e'lon paydo bo‘ldi. Maydoni 1 500 gektar deb ko‘rsatilgan konning narxi 10 million AQSh dollariga baholangan.
Bank siri qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi: asosiy yangiliklar nimada?
Endilikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqaroning banklarda hisobvarag‘i bor-yo‘qligini Markaziy bankning ma'lumotlar bazasidan avtomatik ravishda olishi mumkin. Buning uchun prokuror sanksiya berishi shart emas (qonunning avvalgi tahririda bunday ma'lumotni olish uchun prokuror sanksiyasi kerak edi).
Hisobvaraqda pul bor-yo‘qligi, undagi qoldiq mablag‘ miqdori, tranzaksiyalar yoki kredit qarzdorligi kabi ma'lumotlarni bilish uchun xuddi avvalgidek prokuror sanksiyasi kerak.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi

15:30 / 01.09.2024