20 iyuldan kafe va restoranlar uchun karantin kuchaytirilishi barobarida, xuddi shu sanadan to‘yxonalar faoliyatiga ham yangi cheklov joriy etilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 20 iyuldan agar to‘yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan mehmonlar ishtirokidagina o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Bunda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etish talab etiladi. Ruxsat etilgan 50 kishi – yaqin qarindoshlar va shu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlardan iborat bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning avvalgi qaroriga ko‘ra, to‘y va boshqa marosimlar uchun 50 kishigacha bo‘lgan cheklov 1 avgustdan kuchga kirishi belgilangan edi.
O‘zbekistonda yana antirekord: Kunlik bemorlar soni 1100ga yaqin, kunlik o‘limlar soni oshdi
Koronavirus tarqalishi tezlashayotgani tufayli, shuningdek:
— 20 iyuldagi Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;
— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;
— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;
— 28 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish obektlari soat 08:00dan 20:00gacha, 20 iyuldan boshlab esa shu vaqt oralig‘ida faqat ochiq maydonlarda ishlashi mumkinligi belgilandi; taom yetkazib berish xizmatlarining ish vaqti 8:00dan 23:00gacha etib cheklandi


















