Jizzaxlik tadbirkor ayol Gyunel Aliyeva işi böyiça Kun.uz'da çiqqan maqolalar Sudyalar oliy kengaşida körib çiqilib, ularda tilga olingan holatlarni örganiş, sudyalarning xatti-harakatlariga baho beriş yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangani haqida bayonot berilganiga uç oydan oşdi.
Biroq, kengaş öz bayonotida alohida va'da berganiga qaramay, hamon “qöşimça axborot” bergani yöq.
Kun.uz bir yarim oy avval xizmat tekşiruvi natijasi bilan qiziqib, kengaş matbuot kotibi Tursunali Akbarov bilan boğlanganida, u jarayon hali yakuniga yetmaganini aytib, buni “xizmat tekşiruvi ötkazayotgan Jizzax viloyat sudlari malaka hay'ati qöşimça muddat söragani” bilan izohlagandi.
Oradan 50 kun (!) ötib, yana Tursunali Akbarov bilan boğlandik. Sörovimizga berilgan javobdan bildikki, “xizmat tekşiruvi natijasida maqolalarda bayon qilingan holatlar öz tasdiğini topmagan” ekan!
Xöş, maqolalarda bayon qilingan holatlar tasdiğini topmagan bölsa, unda raddiya qani? Kengaş faoliyatiga oid notöğri yoki mavhum axborot çiqsa, vaqtida raddiya yoki munosabat berişni örniga qöyadigan matbuot xizmati nega jim?
Jizzaxlik sudyalar sud qarorlarini ijro etiş uçun sotilgan mol-mulkni qaytarib oliş mumkinmasligi (Fuqarolik kodeksi 229-moddasining 2-qismi) haqidagi qoidani bilmagan bölişi mumkinmi?
Sudyalar qonunning şugina normasini bilmasligi – öta ğayritabiiy holat emasmi? Fuqarolik qonunçiligining mulkka oid qismining alifbosi bölgan “insofli egallovçi” maqomini bilmaydiganlar sudyalik lavozimida ötirişga haqlimi?
Sudyalar oliy kengaşi maqolalarda birma-bir bayon etilgan va inkor etib bölmaydigan holatlarni “tasdiğini topmadi” deb, sudyalarning xurmaça qiliqlarini oçiqdan oçiq berkitmayaptimi?
Bor holatlarni körib, körmaslikka oliş Jizzaxdagi ayrim sudyalarning “biz Yodgorovning şinelidan çiqqanmiz”, deya turli davralarda maqtanib yurganini amalda tasdiqlab qöymayaptimi?
















