Naşrning qayd etişiça, 6 sentabr kuni tahririyat a’zolari – boş muharrir örinbosari Feruza Najmiddinova, tasvirçi Xöjamiyor Xolmurodov va yurist Şohrux Olimjonov Toşkent şahri Yunusobod tumani 2-mavzeda qurilişi yakunlanmagan 14 ta bino prokuratura va içki işlar xodimlari iştirokida buzib taşlanayotgani haqidagi murojaat yuzasidan örganiş ötkaziş uçun voqea joyiga yetib boradi.
Ular jurnalist ekanliklarini tasdiqlovçi hujjat bilan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi qonunda belgilangan tartiblardan çetga çiqmagan holda jurnalistik faoliyatini amalga oşirişga kirişadi.
Şu vaqtda jurnalist F.Najmiddinova va tasvirçi X.Xolmurodovning jurnalistik faoliyatiga Yunusobod tumani prokuraturasi xodimi Umid Azizov tomonidan tösqinlik qilinadi. Azizov yonidagi içki işlar posbonlariga OAV xodimlari tartibsizlik keltirib çiqarayotganini aytib, ularni içki işlar bölimiga olib borişni buyuradi. Buning uçun maxsus avtobus ham çaqirtiriladi.
Şuningdek, jurnalistlarning tasvirga olişiga ham tösqinlik qilingan. U.Azizov tasvirçi X.Xolmurodovni yoniga çaqirib, tasvirlarni öçirib yuborişni va voqea joyidan ketişni talab qilgan.
Tahririyat bölib ötgan voqea haqida 7 sentabr kuni maqola va videoni e’lon qildi. Holat böyiça ötkazilgan örganişlar natijasi yuzasidan 11 sentabr kuni Boş prokuratura Qalampir.uz'ga rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilişiça, Umid Azizov prokuratura organlari tizimida 2019 yildan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça Yunusobod tumani prokurori sektori kotibi vazifasida 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Boş prokuraturaning tasdiqlaşiça, 2-sektor kotibi U.Azizov tomonidan mazkur sayt tasvirçisiga olingan videolarni öçirib ketişini aytib, jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilgani aniqlangan.
“Tekşiriş natijasiga köra, U.Azizov bilan Toşkent şahar prokurori huzurida profilaktik suhbat ötkazilib, kelgusida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid qonunçilikka hamda prokuratura organlari xodimlarining “Kasb odobnomasi”ga qat’iy rioya qiliş, aks holda intizomiy javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantirildi”,
















