Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, bundan buyon özbekistonliklar jazoni ijro etiş muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotgan yaqin qarindoşlari bilan uçraşuv vaqtini Yagona portal orqali belgilaş imkoniga ega bölişdi. Uşbu xizmatdan 2022 yilning 1 martidan foydalaniş mumkin.

Bundan taşqari, 2021 yil 15 oktyabrda qabul qilingan hukumat qarori bilan kelgusi yilning 1 martidan quyidagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron şaklda körsatilişi belgilangan:

  • Özbekistonga çet davlat fuqarosini taklif qiliş;
  • çet davlatda Özbekiston fuqaroligini tasdiqlaş böyiça tegişli hujjatlar va ma'lumotnomalar oliş;
  • sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma'lumotlar oliş;
  • avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekşiriş.

Qaror bilan, şuningdek, Içki işlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Şu yilning avgust oyida Soğliqni saqlaş vazirligi mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarning qarindoşlari bilan qisqa muddatli uçraşuvlariga epidemik vaziyat sabab qöyilgan çeklovlar bekor qilinganini ma'lum qilgandi. Sentyabrga kelib mahkumlarning yaqinlari bilan uzoq muddatli uçraşuvlar taşkil etilişiga ham ruxsat berilgandi.

IIV Jazoni ijro etiş departamenti 2021 yilning 6 iyulidan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarning yaqin qarindoşlari bilan uzoq va qisqa muddatli uçraşuvlari vaqtinça töxtatilgani haqida xabar bergandi.