Senat yalpi majlisida Tanzila Norboyeva moliya vaziri Timur Işmetovdan hokim yordamçilarining avvalgi yuqori maoşlarini saqlab qoliş masalasi haqida söradi.
Moliya vaziri bu narsa davlat budjetida nazarda tutilganini tasdiqlab, agarda hokim yordamçisi avval davlat budjetidan oylik olib kelgan bölsa va avvalgi maoşi yangi lavoziminikidan past bölsa, eski iş joyidagi maoşi saqlanib, yangisidan maoş olmasligini bildirdi.
Ma’lumot uçun, hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori bilan hokim yordamçilarining maoşi miqdori belgilangan. Unga köra, mahalladagi xonadonlar soniga qarab 4 mln 932 ming sömdan 5 mln 754 ming sömgaça bölgan maoşlar tölanadi.
Şuningdek, qarorda hokim yordamçilariga tölanadigan örtaça oylik iş haqi miqdori nomzodning avvalgi iş joyidagidan kam bölgan taqdirda yetişmagan qismi Hokim yordamçilari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan qoplab borilişi nazarda tutilgan.
Avvalroq, Kun.uz’da hokim yordamçilari lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektorida iş tajribasiga ega bölgan kasb egalari majburan ötkazilayotgani, ular olib kelgan yuqori maoşi kamayib ketişidan xavotirdaligi yoritilgandi.
Eslatib ötamiz, Senatning 22-yalpi majlisida Özbekiston Respublikasining 2022 yil uçun davlat budjeti töğrisidagi qonuni ma’qullandi.
















