Qozoğistondagi notinçliklar ortidan bu hafta Aleksandr Lukaşenkoning bayonoti eng şov-şuvli mavzu böldi. Belarus prezidenti Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Qozoğiston böyiça ötkazilgan sammitida Özbekistonga oçiqçasiga tahdid qildi.

Foto: Pul Pervogo / Telegram

«Qozoğistondagi voqealar saboq bölişi kerak deganimiz hammadan ham avval Özbekistonga taalluqli. Agar saboq olinmas ekan, bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, ularning nigohi Özbekistonga ham qaratilgan», – dedi Lukaşenko.

Bu bayonot KXŞTga qaytariş uçun Özbekistonga qilingan bosim sifatida qabul qilindi. Lukaşenkoning özi ham yaxşi tuşunadi: Özbekistondagi siyosiy vaziyatni Qozoğistondagiga taqqoslab bölmaydi. Qozoğistondagi tinç va demokratik namoyişlar qon tökilişi va xunrezlikka aylanib ketganiga sabab – u yerdagi qöşhokimiyat.

Köplab ekspertlarning fikriça, suyultirilgan gaz narxi oşişi sabab boşlangan namoyişlar Qozoğistondagi pişib turgan siyosiy bölinişni, ya’ni elboşi Nazarboyev va prezident Töqayev klanlari örtasidagi ziddiyatni çuqurlaştirib yuborgan.

Namoyişçilarning gaz narxini pasaytiriş talabi 4 yanvar kuniyoq bajarildi, lekin endi ular boşqa narsani – hokimiyatga kelganiga 30 yildan oşgan Nazarboyevning ketişini talab qilayotgandi. Turgan gapki, bu talab Töqayevning foydasiga işlardi. Boşqaça aytganda, prezidentda namoyişlar bahona Nazarboyevning kadrlaridan qutuliş imkoniyati tuğildi.

Foto: Pavel Aleksandrov / TASS

Töqayev bu imkoniyatdan foydalandi, u 5 yanvar kunining özida ketma-ket uçta muhim qarorni qabul qildi: hukumat iste’foga çiqarildi, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi, Nazarboyevning uzoq yillik safdoşi Karim Masiyev işdan böşatildi, va asosiysi elboşiga tegişli mansab – Xavfsizlik qömitasi raisi lavozimiga özini tayinladi.

Taxminlarga köra, Nazarboyevning klani bu mağlubiyatli pozitsiyasini, ya’ni hokimiyatni qöldan çiqarayotganini juda oğriqli qabul qilgan va bunga namoyişlarga keskinlik kiritiş bilan javob qaytargan: namoyişçilar orasiga agressiv odamlar kiritilgan, qurol-yaroğ tarqatilgan va boşqa xunrezliklar sodir etilgan. Bundan taşqari, kuçişlatar tuzilmalarda Töqayev jamoasining buyruqlariga atayin böysunmaslik kuzatilgan, natijada prezident keskin vaziyatda harbiy rahbarlarga işonolmay qolgan. Töqayev aynan şu sababli Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan yordam söraşga majbur bölgani taxmin