Toşkent şahrida zamonaviy ovozsiz tramvayni işga tuşiriş loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini avgust oyida işlab çiqiş rejalaştirilgan. Bu haqda xalq deputatlari poytaxt kengaşining 15 iyul kungi sessiyasida şahar transport boşqarmasi boşliği Anvar Jörayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz

Ma’lum qilinişiça, tramvay relslari “çoksiz” yotqizilişi hisobiga vagonlar şovqinsiz harakatlanişiga erişiladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqişga xorijlik mutaxassislar jalb etilgan.

Anvar Jörayevning sözlariga köra, prezidentga ikki yönalişda takliflar tayyorlanmoqda. Birinçisi, TTZ mavzesidan Şimoliy vokzalgaça (loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi). Ikkinçi yönaliş esa Çilonzor kiyim-keçak savdo majmuasi (xalq tilida Ippodrom)dan Şimoliy vokzalgaça bölişi mumkin.

“Nega biz bu ikki nuqtani tanladik? Uşbu ikki punkt orqali Toşkent viloyatidan şaharga yirik yölovçilar oqimi kirib keladi. Transport oqimining kirib kelişiga yöl qöymaslik uçun biz bu yerda metro yönalişlari takrorlanmaydigan tramvay yönalişlarini belgilayapmiz”, – degan Anvar Jörayev.

Avvalroq Kun.uz manbasi Toşkentda tramvay qurilişi 2023 yildan boşlanişi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Manba şaharda tramvay harakatini taşkil etiş böyiça dastlabki işlar boşlangani, xorijga çiqib ketgan sobiq tramvayçilarni qaytariş va xorijdan mutaxassislar jalb qiliş işlari ketayotganini aytgandi. Xususan, Turkiya va Çexiyadan mutaxassislar çaqirilayotgani xabar qilingan.

  • Toşkent tramvayi 103 yillik faoliyatidan söng, 2016 yilda faollar qarşiligiga qaramay butkul tugatilgan, şahar rasmiylari bu transport turini samarasiz deb hisoblagandi.
  • 2022 yil boşida prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentga tramvayni qaytariş rejasi borligini e’lon qildi. Davlat rahbari bu borada köplab xat va murojaatlar kelayotganini aytdi. “Yetti ölçab bir kesamiz, qaysi marşrutlarda yölga qöyişni qayta-qayta örganamiz”, dedi