Sud-huquq tizimi jamiyatni rivojlantirişda heç qaçon almaşmaydigan ustundir. Bu haqda huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev “Osmondagi bolalar” loyihasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, sudlar odil bölişi kerak, şunda iqtisodiyot ham rivojlanadi, investitsiyalar ham kiraveradi.
“Bizda şu paytgaça bu yönalişda köp iş qilindi. Tizimda işlayotganlar hozir bölayotgan özgarişlar haqida yaxşi fikr aytişyapti. Avvalgi bilan soliştirganda özgariş katta. Lekin haqiqiy, biz orzu qilayotgan sud tizimi bilan soliştirganda hali ança işimiz bor. Biz hali yarim yölga yo yetdik, yoki yarim yölda ham emasmiz. Bu juda köp faktorlarga boğliq”, deydi huquqşunos.

Xuşnud Xudoyberdiyevga köra, sud-huquq tizimini rivojlantiriş uçun sudlarning moddiy ta’minotini yaxşilaş kerak.
“Ya’ni, sudya kimgadir moddiy qaram bölmasligi kerak. Bu muhim faktorlardan biri. Sababi sudyaning yöqotadigan narsasi bölişi kerak. Masalan, poraga aralaşmaslik yoki boşqa noxolis iş qilmaslik uçun ozodlikni yöqotişdan qörqişi lozim. Şu bilan birga, özining yaxşi daromad olib turgan joyidan ajraliş ham inson motivatsiyasidan biri. Misol uçun, sudya bölib 50 mln oylik olsangiz, ammo qandaydir mas’uliyatsizlik qilib, işga sovuq yondaşib şu işdan ayrilib, köçaga çiqsangiz oddiy yurist bölib 5 mln oylik olişingiz mumkin”, dedi u.
Qayd etilişiça, bu faktor mas’uliyat bilan işlaş, şuningdek, pulga, poraga öç bölmaslik uçun muhim ahamiyatga ega bölişi darkor.

“Bundan taşqari, siyosiy iroda ham kerak. Balki, sudlar tepasida heç kimdan qörqmaydigan rahbar kerakdir. Barça yaxşi rahbarlar şu tizim içidan çiqib kelgan. Yuqori davralarda, xatolar köp qilinayotgan jamiyatda mustaqil sud tizimi birdan yaxşi bölib ketişi ham qiyin böladi. Sababi, yuqori davralar öz imkoniyatlaridan kelib çiqib öz xatolarini yopişga harakat qilişadi. Bu tozalaniş, töğri yölga tuşiş faqat sud tomonidan emas, narigi tomonda ham bölişi kerak. Ya’ni, xato qadam qöyayotgan yuqori davralar bilan mustaqil sud tizimi bitta jamiyatda, bitta davlatda yaşolmaydi”, dedi huquqşunos.

















