2022 yil 11 avgust kuni soat 15:05 larda A-380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yölining Ğuzor tumani "Yangikent" MFY hududida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Ğuzor tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Nişon tumanida yaşovçi fuqaro öz boşqaruvidagi Nexia bilan A-380 avtomobil yöli orqali Qarşi şahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtda Ğuzor tumani "Yangikent" MFYda yaşovçi fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan. Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, marhum tösatdan yölning tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan ötişga uringanda Nexia haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va uni urib yuborgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Ğuzor tumani IIB tomonidan tergov işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda piyodalar yölakçasida VAZ-2107 maşinasi urib yuborgan 9 yoşli bola, Samarqandda piyodalar yölakçasida Nexia-3 urib yuborgan 4 yoşli qiz vafot etgandi.

















