Xorijdan va Özbekistondagi nodavlat OTMlardan öqişini davlat OTMlariga köçiriş uçun ariza bergan va testda ötiş balini ololmagan talabgorlar ham, agar özlari xohlasa, super-kontrakt asosida öqişlari mumkin.

Bu haqda ma’lum qilgan bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevga köra, tez orada yuqoridagi toifa abituriyentlarga super-kontrakt uçun onlayn ariza yuboriş va şartnoma oliş imkoni yaratiladi. Buning uçun OTMga boriş şart emas.

Şuningdek, “perevodçilar” uçun ham super-kontraktga 10% çegirma beriladigan böldi.

Eslatib ötamiz, bir neça kun oldin ham super-kontrakt böyiça yangi tartiblar belgilangan edi:

  • özi tanlagan 1-yönalişiga kirolmay, lekin 2-, 3-, 4– yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan abituriyentlarga öz xohişi bilan birinçi tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişga ruxsat berildi;
  • beşala yönalişda ham imtihondan yiqilgan abituriyentlar esa bu beşta yönalişning istalgan bittasida super-kontraktda öqişi mumkin böldi.