Ijtimoiy tarmoqlarda Uçköprikdagi fermerlarni prokuratura hamda hokimiyat binosiga qamab, ularga “köngilli-majburiy” tarzda “yerimni öz xohişim bilan topşiraman” mazmunida ariza yozdirilayotgani haqida gaplar tarqaldi. Uçköprikda tuzilgan q/x kooperativlari yetiştirgan paxta qaroqçilik qilib olib ketilgani haqida yozgandik, va tabiiyki bu xabarlarga befarq bölolmadik – u yerda fermerlar bilan aloqaga kirişdik. Şuni ta’kidlaş kerakki, köplab fermerlar ma’muriy idoralarning turli bosimlari kuçayişidan çöçib, holatni bizga tasvirlab bergan bölsalar-da, ismlarini oşkor qilişni istaşmadi.
“Omad Raxmon Mastona” fermer xöjaligi rahbari Dilsora Umrzoqova:
— Beş kundan beri prokuratura çaqiryapti, keça borganimda meni asosiy (fermerlar çaqirib töplangan) zalga kiritişmadi, hamma taşkilotlarning rahbarlari bor edi (törtta sektor). Çaqirişdan maqsad – “paxta plani”ni bajarmagan fermerlarni çaqirişibdi.
Men aslida klaster bilan 120 tonna paxta topşirişga şartnoma tuzganman, 123 tonna paxta topşirib şartnomani bajardim, hozir bular 54 gektar paxta ekkansan va 161 tonna paxta sotişing kerak deyişyapti...
Yerlarim çöl hududida joylaşgan, va u aytilayotgan hosilni bermaydi. Mendan esa şartnomamda körsatilgan paxta tonnasidan ortiqça paxta sotişimni talab qilişyapti. Bu işlar bilan bizlarning – fermerlarning prezidentimizga bölgan işonçini söndirişyapti-ku! Kimga işonişni bilmayapmiz-ku.
Fermerlar kimga işonişni bilmayapti.
Ayniqsa hozir, don ekiş paytida prokuror ertalabdan çaqirib vaqtimizni olib, öz hukmini ötkazyapti. “Ariza yozasan, bölmasa mol-mulkingni musodara qilamiz”, “Majbursan, paxta sotasan” deb bosim ötkazib vaqtimizni olyapti, oqibatda don ekiş ham keçikyapti. Hozir ayni buğdoy ekiladigan payt-ku, keyingi hafta yomğir yoğadi deyişyapti. Yomğir yoğsa don ekiş işlarimiz yana ham keçikib ketadi-ku, şu bilan kelasi hosil xam barbod böladi.
Hurmatli prezidentimiz aytgan-ku, “sentner qöyilmaydi, klaster va fermer özaro kelişib işlaydi” deb. Bu rahbarlar – hokim, prokuror, içki işlar va umuman törtta sektor rahbarlari fermerning işiga aralaşişga qonunan haqqi yöq-ku.
Viloyatdan kelgan prokuratura xodimlari “biz aytgan tonnani bajarmasang yeringni olamiz” deyişdi. Men yana 40 tonna paxta berişim kerak ekan. Har kuni bizni çaqirişadi, bugun ham çaqirişdi, bugun ham borib keldik. “Paxta terasan yo bölmasa pulingga sotib olib topşirasan”, deyapti. Men ayol boşim bilan qayerdan olaman paxtani, uning ustiga sentnerni oşirib qöygan bölsa.



















