Özbekistonda elektr uzilişlarining 90 foiziga sabab – elektr energiyasi işlab çiqariş uçun tabiiy gazning yetişmayotgani, deya ma’lum qilgandi energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev 16 noyabrdagi matbuot anjumanida.
Içki taqçillik borligiga qaramay, Özbekiston gaz eksportini davom ettirmoqda.
“Tez kunda çeklovlar masalasi 80 foizga hal etiladi. Buning uçun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti töxtatildi. Taşqi import 20 foizga oşirildi”, – degandi Xöjayev.
Özbekiston Xitoyga gaz eksport qilişni oşirmoqda
SOVID-19 pandemiyasi boşlanişi ortidan Özbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini töxtatgandi va bu ötgan davr mobaynida ham qayta tiklanmadi. Ayni paytda özbek gazi faqat Xitoyga yetkazib berilmoqda.
Xitoy bojxona boş boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib, TASS tarqatgan xabarga köra, Özbekiston 2022 yilning yanvar–oktyabr oylarida Xitoyga gaz quvuri orqali eng köp yoqilği yetkazib bergan davlatlar röyxatida 5-örinni egallagan:
1. Turkmaniston – 8,23 mlrd dollar; ösiş 53 foiz;
2. Rossiya – 3,1 mlrd dollar; ösiş 82 foiz;
3. Myanma – 1,13 mlrd dollar, pasayiş 2,6 foiz;
4. Qozoğiston – 996,5 mln dollar, ösiş 15,2 foiz;
5. Özbekiston – 916,7 mln dollar, ösiş 52,5 foiz.
Boşqarmaning onlayn tizimida import qilingan gazning fizik hajmi körsatilmagan. Tegişli ustun barça yetkazib beruvçi mamlakatlar uçun böş qoldirilgan.
Avvalroq “Öztransgaz” raisi Behzod Normatov Özbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning qariyb 10 foizi Xitoyga sotilayotganini ma’lum qilgandi.
Xitoy gazni qanday narxlarda import qilişi haqida ma’lumotlarni topiş qiyin, buni har ikkala tomon ham oçiqlamaydi. Iqtisodiy mavzular böyiça kolumnist Saydullo Himmatov ba’zi oçiq ma’lumotlar orqali taxminiy hisob-kitoblarni amalga oşirişga harakat qilib



















