25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonliklarga barham beriş kuni. Şu munosabat bilan Toşkentda xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda AQŞ, Bolgariya, Qirğiziston kabi mamlakatlardan xalqaro ekspertlar va mehmonlar iştirok etdi.
E’tiborlisi, bu masalaga mas’ul bölgan Oila va xotin-qizlar qömitasi, Senatning Gender tenglik masalalari qömitasidan biror vakil kelmadi. Konferensiya moderatori, xalqaro ekspert Lola Saidova Kun.uz bilan suhbatda bu juda hayratlanarli hol ekanini aytdi.
“Bu konferensiyaga juda köpçilikni taklif qilgan edik – Gender komissiyasi a’zolari, Senat a’zolari, deputatlar, Xotin-qizlar qömitasidan mutasaddilar kelişi kerak edi. Xotin-qizlar qömitasidan birorta mas’ul xodim kelgani yöq hatto. Bu juda hayratlanarli hol.
Konferensiyada ayollarga nisbatan zöravonlik böyiça muammolarimiz, oğriqli nuqtalarimiz köpligi haqida gapirdik. Har kuni ayollar jabr körayotgani sir emas”, – deydi Saidova.

Şu örinda, sönggi bir oyning içida Özbekistonda ayollarga nisbatan zöravonlik holatlarining ayrim misollarini sanab ötamiz:
- Sirdaryoda erkak xotinini ğişt bilan urib öldirdi.
- Buxorolik 22 yoşli yigit xotini va 5 yoşli öğlini öldirib, yoqib yubordi
- Jizzaxda ayol mast eri tomonidan urib öldirildi.
- Farğonada 38 yoşli ayolga eri bolta bilan oğir tan jarohati yetkazdi.
- Yana Farğonada yaqinda közi yorigan kelinning jasadi suvdan topildi.
- Toşkentda Qaşqadaryodan kelgan ayol eri va qaynotasi tomonidan zörlik bilan avtomobilga bosib olib ketildi

















