Saylovdan keyingi birinçi davlat taşrifi Rossiyaga bölgan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev RF prezidenti Vladimir Putinning “Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston iştirokida, energetik ittifoq tuzaylik” degan taklifiga oğzaki rozilik bildirdi.

Keyinroq Oq örda bu gaz masalasidagi ittifoq taklifi ekanini ma’lum qildi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga köra, Töqayevning Rossiyaga taşrifini “tinçlantiriş taşrifi” deb ataş mumkin.

“Keyingi uç yil davomida, Töqayev va Putinning munosabatlari sovuq, ular özaro bir-biriga mutlaq işonmaydi. Lekin, diplomatik mulozamat qilişga majbur. Putin Ukraina bilan band. Qozoğistonga ikkinçi frontni oça olmaydi. Resurs yetmaydi. Töqayev ham saylovdan keyingi özining birinçi taşrifini Rossiyadan boşladi.

Bu tinçlantiriş taşrifi deyiladi: “Tinçlan, men senga duşman emasman, men senga qarşi bormayman. Agar özing meni hududim va mustaqilligimni hurmat qilsang, duşman bölmaymiz”.

Qozoğiston elitasi yaxşi tuşunadiki, Putinning siyosiy umri katta tezlikda qisqarib boryapti. U sarosimaga tuşgan payt, uning qahr-ğazabi Qozoğistonga yönalişiga imkon bermaslik kerak. Şuning uçun, Moskvaga borib, Putinni tinçlantiriş muhim edi”, – deydi siyosatşunos.

Uning fikriça, Töqayev Putinning ittifoq borasidagi taklifiga şunçaki “ha” degan bölsa-da, bu Qozoğiston uçun ham oğir yuk böladi.

“Moskva tomonidan “keling, uçlik ittifoqi tuzaylik!” degan taklifga, Töqayev “yöq” deb javob bersa, mehmonga borib mezbonni yana sazoyi qilgan böladi.

Ötgan safar Peterburgda Putinning yonida ötirib “men sening DXR va LXRlaringni tan olmayman!” degani haliga qadar Putinning asabiga tegadi. Şuning uçun, bu safar ham Putinni asabiylaştirmaslik uçun “ha, mayli, bölsa böla qolsin şu ittifoq!” deb qutuldi. Lekin bu ittifoq Qozoğistonga oğir yuk böladi, buni Töqayev yaxşi tuşunadi”.