Marhumning yaqinlariga köra, u maşina savdosi bilan şuğullangan. Xaridorlar bilan örtasida pul bilan boğliq muammo kelib çiqqani bois 37 yoşli erkak IIB bölimiga çaqirilgan. Bu haqda bloger Olimjon Haydarov Telegram-kanalida ma’lum qildi.
29 noyabr kuni IIB xodimlari marhumning ukasiga qönğiroq qilib, akasini olib ketişini söragan, u IIBga kelganida akasini tez yordam olib ketganidan xabar topgan, deb yozadi bloger.
Şifoxonaga borişganda erkak allaqaçon vafot etgani, uning tanasida qiynoq va jarohat izlari, xususan, boşi qattiq şikastlangani aytilmoqda.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov bu xabarga munosabat bildirib, buxorolik erkakning çindan ham tergov uçun IIB binosiga qatnab yurgani, lekin ölim röy bergan vaqtda u köçada bölganini bildirdi.
Rasmiylarga köra, hodisa 28 noyabr kuni yuz bergan. JKning 169-moddasi (öğrilik) 2-qismi “v, g” bandlari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro Q.H. soat taxminan 15:00larda Buxoro şahar 4-son IIBga jinoyat işi hujjatlari bilan tanişiş uçun kelgan, lekin tergovçi xizmat vazifasi bilan boşqa joyda bölgani sababli IIB binosiga kirmasdan, qaytib ketgan.
Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar berişiça, marhum epilepsiyadan vafot etgan, uni taksi haydovçisi şifoxonaga olib borgan.
“Fuqaro Q.H. 80 Z 015 OA d/r “Matiz” taksi avtomaşinasini töxtatib, uni Buxoro şahridagi “Fayziobod” jome masjidiga olib borişini söragan. Yölda fuqaro Q.H.ning soğliği yomonlaşib, oğzidan köpik çiqib, huşini yöqotgan. Haydovçi huşsiz yölovçini tezkorlik bilan Buxoro şahar kasalxonasiga yetkazgan.
Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro Q.H. şu kuni soat taxminan 21:00larda kasalxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan. “Tutqanoq sindromi, öpka va miyaga kislorod ötkir yetişmovçiligi” taşxisi qöyilgan. Tekşiruv jarayonida murdaning badanida heç qanday tan jarohatlari aniqlanmagan”, deyiladi tahririyatga taqdim etilgan rasmiy ma’lumotda.
Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Buxoroda fuqaroning vafoti bilan boğliq xabar Boş prokuratura tomonidan örganilayotgani, uning natijasi haqida batafsil ma’lumot berilişini ma’lum qildi.

















