Ukrainadagi uruşning 295-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 15 dekabr kuni tongda okkupatsiya ostidagi Donetsk 2014 yildan buyon eng kuçli darajada öqqa tutildi (rossiyalik harbiy muxbir Andrey Rudenkoning aytişiça, şaharga bir vaqtning özida 40 ta snaryad yoğdirilgan). Mahalliy rasmiylar hujumda Ukraina harbiylarini ayblagan. Rossiya tomonidan tayinlangan mer hujum oqibatida beş kişi jabrlanganini ma’lum qildi.
  • Polşa Seymi Rossiyani «terrorizm homiysi bölgan davlat» sifatida tan oldi.
  • Xabarovskda yaşovçi kişi Ukrainaga «davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar»ni sotişga urinişda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • Bryanskda sud Udmurtiya aholisi vakilini Ukraina tomonida jang qiliş uçun yöl olişda ayblab, beş yilga qamaldi.
  • Rossiya armiyasi Xersonni öqqa tutdi. Ikki kişi halok bölgan. Şahar töliq elektr ta’minotidan uzilgan.
  • Dnepropetrovsk oblasti ham öqqa tutilişi oqibatida 65 yoşli kişi halok bölgan. Mahalliy oblast kengaşi fuqarolik infratuzilmalaridagi jiddiy vayrongarçiliklar haqida xabar bergan.
  • Rossiyada front hududida okop qaziş va istehkomlar quriş uçun işçilar yollaş boşlandi. Avito, «VKontakte» va HeadHunter saytlarida şu mazmundagi e’lonlar joylaştirilgan.
  • Ukraina armiyasi boş qömondoni Valeriy Zalujniy Rossiya 200 mingga yaqin yangi askar «tayyorlayotgani» va yana Kiyevga hujum boşlaşi mumkinligini aytdi.
  • Polşa politsiyasi ştab-kvartirasida Ukrainadan kelgan sovğa portlab ketdi