Tanlov natijalari bakalavriat diplomining örtaça ballari asosida aniqlanadi, deb xabar bermoqda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati. 

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat uşbu 2022/2023-öquv yili magistratura qişki qabulida xorijiy tilni biliş darajasidan qat’i nazar, sertifikati borlar hujjat topşirişiga ruxsat berilgan. 

Öqişga qabul qilingan talabalar öqişi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qölga kiritişi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi. 

Avvalroq Prezidentning tegişli qaroriga köra, abituriyent filologiya yönalişlari böyiça kamida C1, nofilologik yönalişlari böyiça esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega böliş talabi belgilangan edi.