Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 dekabr kuni Donbassdagi front çiziğida joylaşgan Baxmut şahriga keldi.
Zelenskiyning oldingi çiziqqa safari haqida birinçi bölib FreeDom kanali muxbirlari xabar berişdi. Keyin bu ma’lumotni prezidentning rasmiy vakili ham tasdiqladi.
Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov «Ukrainskaya pravda» naşriga bergan izohida Zelenskiy Baxmutdagi jangçilarni nişon va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlagani va ayni vaqtda şaharni tark etgani haqida ma’lum qilgan.



Ukraina mudofaa vazirligi esa idora rahbari örinbosari Anna Malyarning ham Baxmutga taşrifi haqida xabar berib, uning ukrain askarlari bilan tuşgan suratlarini namoyiş etgan.




Baxmut şahri (2016 yilga qadar — Artemovsk deb atalgan) — Donbassdagi muhim transport tuguni hisoblanadi. U orqali Lisiçansk va Severodonetskka, şuningdek, Seversk, Slovyansk, Kramatorsk, Konstantinovka, Horlivka va Luhanskka yöllar ötadi. Ayni vaqtda RF armiyasining Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk tomon yurişi yölida joylaşib, ukrainlarning mustahkamlangan istehkomi vazifasini ötaydi.
Şahar 2022 yil may oyida, ukrain qöşini Popasnayadan çekinib, rossiyaliklar esa Slovyansk va Kramatorsk tomon yuriş boşlaganida front çiziğidagi şaharga aylangandi. May oyining ikkinçi yarmidan rossiyalik harbiylar Baxmutga kuçli raketa zarbalari berişga kirişgan, avgust oyi boşlarida rossiyaliklar şahar çekkasidagi hududlardan biriga kirişgan.


















