Ukrainada uruşning 300-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Baxmutga keldi. Ukraina prezidenti frontdagi askarlarga nişonlar topşirdi. Vladimir Putin esa Kremldagi marosimda «öz askariy burçlarini bajarayotgan va yangi hududlarda yangi turmuş tarzi yölga qöyilişida yordam berayotgan» harbiylarga Rossiya Qahramoni yulduzlarini topşirdi. U şuningdek Ukrainaning annexia qilingan hududlari rahbarlari hamda RT boş muharriri Margarita Simonyanni ordenlar bilan taqdirladi.
- AQŞ BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni «Rossiyaning tahdidlariga yon beriş»da va Ukrainaga Rossiya ukrainlarning infratuzilmalariga hujum qilişda qöllayotgan kamikadze dronlarini tekşiriş uçun rasmiy delegatsiya jönatmaslikda aybladi.
- «Net v***ye!» yozuvi orqali «Net voble!» demoqçi bölganini isbotlab bera olgan Tyumenda yaşovçi ayolga iş qayta körib çiqilgaç, «armiyani obrösizlantirgani» uçun ma’muriy jarima belgilandi.
- Rossiya IIV galerist va kolleksioner Marat Gelmanni (Rossiyada «xorijiy agent» deb topilgan) qidiruvga berdi. Gelmanni qanday modda böyiça qidirişayotgani noma’lum.
- Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari uşbu regionlar öqqa tutilgani haqida xabar berişdi. Belgorod oblastida zarbalar natijasida çegaradagi Şebekin posyolkasi aholisining uçdan bir qismi toksiz qolgan. Bryansk oblastida, region rahbarining sözlariga köra, ma’muriyat binosi va avtomobil şikastlangan. Kurskda — uçta turar joyga zarba kelib tuşgan.
Quyida 20 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbassdagi şahar va qişloqlarning uruşning 300 kunidan keyingi körinişi


































