Ukrainada uruşning 347-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • WSJ Rossiya va Eron Tataristonda Eronning Shahed-136 kamikadze dronlarini işlab çiqaruvçi zavod qurişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi.
  • «Rusi sidyaşçey» taşkiloti rahbari Olga Romanova «mudofaa vazirligidan bölgan» kişilar Kuzbassdagi koloniyadan 50 nafar mahbusni olib ketişgani — va «bu kabi holatlar haqida hammayoqdan xabar kelayotgani» haqida ma’lum qildi.
  • Ukraina naşrlari, şuningdek Rada deputatlari Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov yaqin kunlar içida iste’foga çiqişi haqida xabar berdi.
  • Odessada aholining 40 foizi nimstansiyadagi avariya tufayli toksiz qoldi. Odessadagi öquv muassasalarida 6 va 7 fevral kunlari dam oliş kuni deb e’lon qilindi.
  • 5 fevral kuni tongda Xarkiv öqqa tutildi. Ukraina hukumati raketalardan biri turar joy binosiga, boşqasi — universitet binosiga kelib tuşgani, beş kişi jabrlanganini xabar qilgan.
  • Isroilning sobiq boş vaziri Naftali Benet uruş boşidagi muzokaralar çoğida Vladimir Putin unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni öldirmaslikka va’da bergani haqida gapirdi.

Xarkiv öqqa tutilişi oqibatlari

5 fevral tongida  Xarkiv markaziga raketalar uçib keldi. «Suspilne» telekanali xabar berişiça, rossiyaliklar zarbasi oqibatida beş kişi yaralangan. Şahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga köra, şaharning Kiyev rayoniga S-300 tizimining ikki raketasi yöllangan. Ulardan biri Şahar xöjaligi milliy universiteti boş korpusining yuqori qavatiga urilgan. Ikkinçi raketa unga yaqin joylaşgan tört qavatli uyga qulagan, jami beş kişi yaralangan. Şahar meri Xarkivning bu rayoniga harbiylar joylaştirilmaganini ma’lum qilgan.

Xarkivdagi Şahar xöjaligi milliy universiteti öqqa tutilişi oqibatlari