Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov respublika yoqilği-energetika kompleksida bir qator özgarişlarni amalga oşirdi. Jumladan, boş vazirning ikki örinbosari – neft-gaz kompleksiga rahbarlik qilgan Şohim Abdurahmonov hamda elektroenergetika, quriliş va sanoat masalalari böyiça mas’ul Çorimurod Purçekov öz lavozimidan ozod etildi.
Neftegaz naşrining yozişiça, Turkmaniston yoqilği-energetika kompleksidagi özgarişlar «kutilgan edi» va şu yil yanvar oyida «Galqiniş» gaz konida yuzaga kelgan va Özbekistonga gaz yetkazib berişda uzilişga olib kelgan muammolar bilan boğliq. Boş prokuratura tomonidan ötkazilgan audit şuni körsatdiki, qöşni respublikaga gaz ta’minoti töxtab qolgan 6 kun davomida yetkazilgan zarar miqdori 59,7 million dollarni taşkil etgan.
Avvalroq, Turkmanistonning «Turkmengaz» davlat konsernida 6 kişi, jumladan, Moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalar boşqarmasi rahbari Şuhrat Ajdarov va «Turkmengazaqdiriş» uyuşmasi rahbari vazifasini bajaruvçi Şuhrat Çopanov hibsga olingan edi. Ular Turkmanistondagi eng yirik «Galqiniş» gaz konida yuz bergan avariya va yanvar oyining sovuq kunlarida Özbekistonga gaz yetkazib berişning töxtab qolişida aybdor deb topilgan.
Turkmen.news xabariga köra, Özbekiston tomoni gaz yetkazib berilişida uziliş bölgani uçun Turkmanistondan katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgan. Biroq muzokaralardan söng, Özbekiston tomoni yetkazilgan zarar miqdorida suyultirilgan gaz olişga rozi bölgan. Turkmaniston rasmiy matbuotida suyultirilgan gazning bepul berilişi «qöşni davlatga döstona va birodarlik yordami» sifatida taqdim etilgan.
Özbekiston Energetika vazirligi bu xabarni rad etib, Turkmanistondan gaz yetkazib berilişida uziliş bölgani uçun Özbekiston katta miqdorda pul kompensatsiyasi talab qilgani haqidagi xabar asossiz ekanini bildirdi.
«Energetika vazirligi uşbu xabarlar heç qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qiladi… Şuni alohida ta’kidlaymizki, Turkmaniston tomonidan Özbekistonga döstona va birodarlik bilan qöllab-quvvatlaş maqsadida suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etildi», deyildi
















