Qayd etilişiça, voqea 15 fevral kuni sodir bölgan. Internetda tarqalgan videoda içki işlar xodimi kiyimida bölgan va mahalla profilaktika inspektori ekani aytilgan şaxs xizmat vaqtida begona erkakning rafiqasi bilan qölga tuşgani tasvirlangan.

Mazkur mahallada yaşovçilar holatni videoga olib, “uçastkavoy” va ayolni “samosud” qilişga uringan. Videoda profilaktika inspektori olomon savollaridan qoçib maşinasiga ötirgança voqea joyidan ketib qolgani körinadi.

Jizzax viloyati IIB videodagi şaxs çindan ham içki işlar xodimi ekanini tasdiqlagan.

“Uşbu tasvirlarda 2023 yil 15 fevralida tungi xizmatga jalb etilgan Jizzax viloyati Ğallaorol tumani IIB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori J.X. aks etgan.

Holat yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan. Voqea iştirokçilarining harakatlariga huquqiy baho berilişi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 30 noyabr kuni Toşkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi soat 00:50 larda öldirib ketilgandi. Profilaktika inspektori yarim tunda oilaviy mojaro yuzasidan çaqiruv joyiga yetib borganida, ayolning eri uni 2 marta piçoq urib öldirgani ta’kidlangandi.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda qotillikka raşk sabab bölgani, profilaktika inspektori boşqa erkakning rafiqasi bilan munosabatlari ortidan halok bölgani haqida gap-sözlar tarqalgandi. Biroq IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov buni rad etgandi.