Ukrainada uruşning 359-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçuk Baxmut aholisini zudlik bilan şaharni tark etişga çaqirdi.
- Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali xavfsizlik masalalari böyiça Myunxen konferensiyasida çiqiş qildi. U Ukrainani Dovudga, Rossiyani — Goliafga tenglaştirgan.
- Ukrainada sud Anton Krasovskiyni genotsid va hokimiyatni zörlik bilan ağdarişga çaqiriqlar uçun sirtdan beş yil qamoq jazosiga hukm qildi.
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Donetsk oblastidagi Paraskoviyevka qişloğini egallaganini ma’lum qildi. Ukraina hukumati bu ma’lumot böyiça izoh bermadi.
- The Insider, Le Monde va Bellingcat suriştiruviga köra, Rossiyadagi «Aşan» insonparvarlik yordami niqobi ostida Ukrainadagi Rossiya armiyasi uçun mahsulotlar yuborgan. Suriştiruvda aytilişiça, «Aşan» harbiy komissariatlarga öz xodimlari töğrisida ham ma’lumotlar yiğib bergan. Safarbarlik e’lon qilinganidan keyin xodimlarga iş joyida çaqiruv qoğozlari topşirilgan. «Aşan» vakillari Rossiya armiyasi ta’minoti bilan şuğullanganini rad etdi.
Kun kadri. Buçada dafn etilgan ukrain harbiysi qabri

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi hayot tarzi
Xarkiv oblastining bir qismi keng kölamli bosqinning ilk kunlarida bosib olingandi. 2022 yil kuzida Ukraina qarşi hujumga ötdi va regiondagi şahar va qişloqlarning aksarini qaytarib oldi.


























