Xitoyning “Huaneng Renewables Corporation” va “Poly Technologies” kompaniyalari konsorsiumi bilan Jizzax va Toşkent viloyatlarida 2000 MW quvvatli FES qurilişi böyiça hamkorlik kelişuvi imzolanişi. 20 fevral / Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov boşçiligidagi vazirlik delegatsiyasi bir hafta davomida Xitoyda bölib qaytdi. Özbekiston delegatlari qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etiş böyiça Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazmoqda.

Ayni paytgaça ikkita kelişuvga erişilgani haqida xabar berildi:

  • Xitoyning CEEC Energy davlat korporatsiyasi bilan Qaşqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça memorandum imzolandi.
  • “Huaneng Renewables Corporation” va “Poly Technologies” kompaniyalar konsorsiumi bilan Jizzax va Toşkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça hamkorlik kelişuvi imzolandi.

Har ikkala loyiha böyiça ham investorlar 2 mlrd dollardan (ikkita loyihaga 4 mlrd dollar) töğridan töğri investitsiya kiritib, ilk quvvatlarni yil oxirigaça, rejadagi barça quvvatlarni esa 2024 yil oxirigaça işga tuşirişini ma’lum qilgan.

E’tiborlisi, oxirgi yillarda şakllangan an’ana – quyoş va şamol elektr stansiyalari böyiça loyihalarni xalqaro tender orqali aniqlaş tartibi bu loyihalarga nisbatan tatbiq etilgani yöq. Xitoy kompaniyalari töğridan töğri tanlab olinmoqda. Boz ustiga, ular quradigan stansiyalar işlab çiqargan elektr energiyasini davlat qança narxda kafolatli sotib olişi rasmiy xabarlarda oçiqlanmadi.

Kun.uz bu boradagi ayrim savollarga energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovdan javob oldi. Uning sözlariga köra, kafolatli xarid tariflari oçiqlanmaganiga sabab – dastlabki kelişuvlarga erişilgan bölsa-da, narx borasidagi muzokaralar davom etyapti