Ukrainadagi uruşning 434-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 3 mayga ötar keçasi ikkita dron Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga hujum qilişga uringan. Rossiya hukumati bunda Ukrainani aybladi; Kiyevdagilar hodisaga aloqadorligini rad etdi va bu RF tomonidan provokatsiya bölişi mumkinligini taxmin qildi. Tergov qömitasi terrorizm töğrisida jinoiy iş oçgan.
- Rossiya qöşini Xerson oblastini öqqa tutdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, tinç aholi vakillaridan 23 kişi halok bölib, 46 kişi yaralangan.
- Ukrain dronlari Bryansk oblastidagi harbiy aerodromga hujum uyuştirdi. An-124 samolyoti şikastlangan. Jabrlanganlar yöq, region rasmiylari hodisa haqida xabar berişmagan.
- 3 mayga ötar keçasi Krasnodar ölkasining Taman porti yaqinidagi Volna posyolkasida neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuar yonib ketgan. Bu yonğinga ham dronlar hujumi sabab bölgani aytilgan.
- 4 mayga ötar keçasi Krasnodar ölkasi va Rostov oblastidagi neftni qayta işlovçi zavodlarga dronlar hujumi takrorlandi.
Kremldagi Senat saroyi gumbazida dronlar hujumi asoratlari

Sefa Karacan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Krasnodar ölkasida neft omboriga berilgan zarba oqibatlari





























