Rad etilayotgan «Bir mamlakat – ikki tizim» – Xitoy va Tayvan mojarosi tarixi
|16:58 / 03.06.202324 42120 min
Tayvanni özining ajralmas qismi deb biladigan Xitoy 1970-yillar oxiridan boşlab bu davlatga «Bir mamlakat – ikki tizim» deb nomlanuvçi dasturni taklif qilib keladi. Bu dasturga köra, Tayvan Xitoy tarkibiga qöşilsa, unga kengaytirilgan avtonomiya beriladi. Bundan taşqari, orol içki va taşqi siyosatni mustaqil belgilaşi mumkin böladi. Bu va’dalarga işonmagan Tayvan nafaqat taklifni keskin rad etib keladi, balki aksinça, materik Xitoy öziga tegişli ekanini aytadi.
Bugun dunyoning turli burçaklarida bir-biriga hudud da’vo qilib yurgan davlatlar yetarliça bor. Ular orasida eng keskini va jahon böylab eng köp muhokama qilinadigani Xitoy va Tayvanning bir-biriga özaro da’volari.
Xitoy Tayvan «Çin yurti»ning bölinmas qismi ekanini da’vo qiladi. Qaçon bölsa ham bu davlatni öz safiga qöşib olişini aytadi. Biroq Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng mustaqil boşqaruvga ega bölib kelayotgan Tayvan rahbariyati buning teskarisini aytadi va materik Xitoy özlariga tegişli bölganini da’vo qiladi.
Qolaversa, bu davlat aholisi ham Xitoyga qöşilişga qarşi. Quyida Xitoy va Tayvan mojarosi tarixini hikoya qilamiz.
Tayvan yoxud Xitoy Respublikasi tarixi
Xitoy Respublikasining tarixi XX asr boşlariga borib taqaladi. 1911 yilda Xitoyni Gomindan partiyasi boşqara boşlaganda u Xitoy Respublikasi deb atala boşlanadi.
Öşa paytda bu respublika Xitoyni, yana Muğulistonning bir qismini va bir qança orolni nazorat qilgan. Öşa paytda Xitoy kommunistlari bu respublikaga qarşi çiqqan, biroq hokimiyatni tortib olişga kuçi yetmagan.
1930 yillar boşida Yaponiya Xitoy Respublikasi hududlarini egallay boşlaydi. Bir neça yil davom etgan uruşda Xitoy Respublikasi yengiladi va 1937 yilda Xitoydagi boşqaruv töliq yaponlar qöl ostiga ötadi.
Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng quvğindagi Xitoy Respublikasi rahbarlari Xitoyga qaytadi va mamlakatni öz nazoratlariga oladi.
Biroq sovetlardan harbiy yordam olgan Mao Tszedun boşçiligidagi Xitoy kommunistik partiyasi yana Xitoy Respublikasiga qarşi çiqadi. Örtada fuqarolar uruşi boşlanib ketadi. Öşanda Moskva Xitoy kommunistlari yordamida bu davlatni öz nazorati ostiga olişni maqsad qilgandi.
Uruş bir neça yil davom etadi va 1949 yilda Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar ğalaba qozonadi.
Şundan söng 1950 yilda Çan Kayşi boşçiligidagi Xitoy Respublikasi hukumati 2 milliondan oşiqroq tarafdorlari bilan Tayvan va Penxu orollariga köçib ötadi. Hukumat Tayvan orolidagi Taybey şahrini poytaxt sifatida tanlaydi. Bu ikki orol 1895 yildan buyon Yaponiya tarkibida bölgan va Ikkinçi jahon uruşi oxirida ozod qilingandi.
Mavzuga oid
Xitoyni egallagan Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar Tayvan va uning atrofidagi bir neçta orolga egalik qilgan Çan Kayşi hukumatiga jiddiy xavf tuğdira boşlaydi. Tayvanni AQŞ himoya qiladi va hanuzgaça şunday bölib kelmoqda.
Öşa paytda Xitoy Respublikasi Tayvan va Penxudan taşqari, Janubiy Xitoy dengizidagi Tszinmen, Matszu va yana bir qator orolni öz nazorati ostida saqlab qoladi. Bundan taşqari, respublika Xitoyning materik qismiga ham da’vo qiladi.
Öşa paytda Xitoy Respublikasi Mao Tszedsun boşçiligida taşkil etilgan Xitoy Xalq Respublikasidan farqli ravişda fuqarolarga keng miqyosda erkinlik bergan edi.
Mamlakat siyosati erkin bozor tamoyillari asosida bölgani uçun Xitoy Respublikasi juda tez sur’atda rivojlana boşlaydi.
Xitoy Respublikasi BMT ta’sisçilaridan biri
1945 yil 25 aprelda AQŞning San-Fransisko şahrida dunyoning 50 davlatidan kelgan delegatsiya Birlaşgan Millatlar Taşkilotini tuziş uçun xalqaro konferensiyaga yiğiladi.
Konferensiya ikki oy davom etadi va 26 iyun kuni delegatsiyalar tomonidan BMT ustavi imzolanadi. 1945 yil 24 oktyabrdan ustav kuçga kiradi va BMT şu sanadan öz faoliyatini boşlaydi.
BMTning ilk ta’sisçilari va a’zolari San-Fransiskodagi konferensiyaga vaqtida yetib bora olmay, öşa yili ustavni 1945 yil 15 oktyabrda imzolagan Polşa bilan 51 nafar bölgan.
BMT ilk taşkil etilganda hali Xitoy Xalq Respublikasi degan davlat bölmagan, mamlakatni Çan Kayşi boşçiligidagi Xitoy Respublikasi boşqarardi.
Şu sababli San-Fransiskodagi yiğilişda Xitoy Respublikasi vakillari qatnaşadi va bu davlat BMTning ilk ta’sisçilari röyxatiga kiradi.
BMT ustaviga köra uning xavfsizlik kengaşi tarkibida beş nafar doimiy, 10 nafar vaqtinçalik a’zo bölişi belgilangandi. Öşa paytda BMTning doimiy a’zolari röyxatiga asosan Ikkinçi jahon uruşi ğoliblari AQŞ, SSSR, Fransiya, Britaniya kiritiladi.
Dunyodagi aholi soni jihatdan eng yirik davlatlardan biri bölgan Xitoy Respublikasi ham AQŞ, Fransiya va Britaniyaning qöllovi bilan xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari safiga kiritiladi. Öşa paytda bu juda katta voqelik edi.
Xitoy Respublikasining BMT va uning xavfsizlik kengaşidan çiqarib yuborilişi
Keyinçalik Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar Xitoydagi boşqaruvni Çan Kayşidan tortib oladi va bu yerda xalq respublikasini tuzadi. Biroq dunyoning köp davlatlari Mao Tszedun hukumatini tan olmaydi.
Mao Tszedun boşçiligidagi XXR hukumati BMTga a’zo böliş uçun bir neça marta ariza topşiradi. SSSR va boşqa sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlar qöllaganiga qaramasdan arizalar rad etiladi. BMTda Tayvan va uning atrofidagi orollarga qoçib ötgan Xitoy Respublikasi a’zo bölib qolaveradi.
Biroq 1970-yillar boşiga kelib vaziyat özgaradi. Endi Ğarb davlatlari ham aholisi mlrd nafarga yaqinlaşib qolgan Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikdan manfaatdor edi. Ular BMT va uning xavfsizlik kengaşida doimiy a’zolikka Xitoy Respublikasi örniga XXRni ötkazişga rozi bölişadi.
1971 yil 25 oktyabr kuni BMT boş assambleyasi 2758-sonli rezolyutsiyani qabul qiladi. Rezolyutsiyada XXRni BMT a’zoligiga qabul qiliş va Xitoy Respublikasining xavfsizlik kengaşidagi örnini unga beriş közda tutilgandi.
1971 yil 25 oktyabr kuni BMT boş assambleyasida Xitoy respublikasi örniga taşkilotga Xitoy xalq respublikasi qabul qilinadi. Bundan quvonayotgan Xitoy vakillari
Boş assambleyadagi ovoz berişda dunyoning 76 ta davlati rozi, 35 davlati qarşi böladi. 17 ta davlat betaraf qoladi. Rozi bölganlarning aksariyati sotsialistik lagerga kiruvçi va SSSR ta’siri ostida bölgan davlatlar edi.
Biroq ular orasida Fransiya, Kanada, Avstriya, Niderlandiya, Belgiya, Britaniya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Norvegiya, Portugaliya va Şvetsiya kabi ğarb davlatlari ham bor edi.
Yirik davlatlar AQŞ, Avstraliya, Braziliya, Yaponiya kabilar rezolyutsiyaga qarşi çiqişganiga qaramasdan köpçilik rozi bölgani uçun u qabul qilinadi.
Şu tariqa Xitoy Respublikasi BMT a’zoligidan çiqarib yuboriladi va u xavfsizlik kengaşining doimiy a’zoligini ham yöqotadi.
Şundan söng Xitoy Respublikasining mustaqilligini tan olgan barça davlatlar buni bekor qilişadi. Diplomatik munosabat örnatganlar siyosiy aloqalarni uzadi. Şu jumladan, har doim Xitoy Respublikasi taraf bölib kelgan AQŞ ham.
XXR va Xitoy Respublikasining bir-biriga da’volari
Xitoy Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar boşqaruviga ötgan paytdan boşlab bu davlat Tayvanni özining ajralmas qismi deb hisoblab keladi. Biroq turli sabablarga köra uni öz safiga qöşib ololmaydi.
Tayvan BMT xavfsizlik kengaşining beşta doimiy a’zolaridan biri bölgan yillarda Xitoy iqtisodiy jihatdan juda qoloq, SSSR yordamida turli harbiy texnika va yadro quroliga ega bölganini aytmaganda qariyb bir mlrd aholining asosiy qismi juda noçor yaşardi.
Tayvan esa erkin bozor munosabatlariga asoslangan davlat şakllangani uçun tezda rivojlanib ketadi. Şu sababli nafaqat Çan Kayşi, şuningdek Tayvan aholisi ham aynan boşqaruv şakli va iqtisodiy holat keskin farq qilgani uçun ham qoloq Xitoy tarkibiga kirişni xohlamasdi.
1960 yilda Tayvanga taşrif buyurgan AQŞ prezidenti Duayt Eyzenxauer katta dabdaba bilan kutib olingandi.
Öşa paytlarda hali BMTga a’zo bölmagan Xitoyning Tayvanga nisbatan da’volarini heç kim jiddiy olmasdi. Biroq Mao Tszezunning vafotidan keyin mamlakatda keng kölamli islohotlar boşlanadi va oradan yigirma yildan sal köproq vaqt ötib, 2000-yillar boşida Xitoy dunyoning qoloq davlatidan rivojlangan davlatiga aylanadi.
Biroq şunda ham tayvanliklarning fikri özgarmaydi va ular Xitoy tarkibiga kirişni xohlamaydi.
Bu orada 1997 yilda Xitoy Britaniyadan Hongkongni qabul qilib oladi. Şundan söng XXRning Tayvanga nisbatan da’volari ham keskinroq çiqa boşlaydi.
Bugun Xitoy Tayvanni özining ajralmas bölagi deb biladi. Bu orol davlat Xitoy tarkibida bölişi kerak deb hisoblaydi.
Biroq Tayvanning ham Xitoyga nisbatan olib borayotgan siyosatida öz haqiqatlari bor. Unga köra, Xitoy Respublikasi XX asr boşida tuzilgan va Xitoyda hukmronlik qilgan.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin esa Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar Xitoy Respublikasining qonuniy hokimiyatini kuç bilan tortib olgan.
Aynan Tayvan bugun ham ana şu faktlarni uşlab olgan va u hanuzgaça materik Xitoyga özini haqdor deb biladi. Şuningdek, tayvanliklar 1971 yilda BMT va uning xavfsizlik kengaşidagi doimiy a’zolikdan çiqarib yuborişlarini nohaqlik bölgan deb hisoblaşadi.
Tayvan haqida umumiy ma’lumotlar
Tayvanda erkin bozor iqtisodiyotga asoslangan tuzum bölgani uçun bu davlat tez sur’atlarda rivojlanadi. 1960-yillarda hali Xitoy aholisining juda katta qismi oçarçilik şaroitida yaşab yurgan paytida Tayvan juda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erişadi.
Tayvan 1960-70 yillardayoq ança rivojlanib ketgandi.
Şu sababli bu davlat 1960-yillarda Janubiy Koreya, Hongkong va Singapur bilan birgalikda «Osiyoning tört yölbarsi» deb atala boşlanadi.
Taşkil topgan yili: 1911 yil 10 oktyabr;
Poytaxti: Taypey şahri;
Yirik şaharlari: Yangi Taypey, Tayçjun, Gaosyun;
Boşqaruv tuzumi; Parlament-prezident respublika;
Hududi; 36 ming 197 kilometr kvadrat (Özbekiston hududining 9 foiziga teng);
Aholisi: 23 mln 332 ming nafardan oşiqroq;
Aholi ziçligi; 1 kilometr kvadrat hududga 645 kişi töğri keladi;
Yalpi içki mahsulot hajmi: 800 mlrd atrofida;
Pul birligi: Yangi Tayvan dollari;
Hududi kiçik va unda foydali qazilmalar umuman yöqligiga qaramasdan Tayvan juda taraqqiy etgan. Mamlakat iqtisodiyotida elektron buyumlar, neftni qayta işlaş, IT-xizmatlar eksporti va boşqa köplab tarmoqlar yaxşi rivojlangan.
Jumladan, Tayvanda bugun dunyoda işlab çiqarilayotgan mikrosxemalarning yarmidan köproği tayyorlanadi. Apple va boşqa yirik kompaniyalar özlari işlatayotgan mikrosxemalarni asosan Tayvan kompaniyalaridan sotib olişadi.
Xitoy va Tayvanni ajratib turgan Tayvan böğozidan Ğarb va Şarq örtasidagi muhim dengiz yöli ötgan. Böğozdan har yili Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyaga turli yuklarni taşiydigan va bu davlatlarning eksport tovarlarini olib çiqib ketadigan minglab yirik kemalar ötib qaytadi.
Masalan, 2022 yilda bu yerdan dengiz böylab harakatlangan yirik kemalarning 88 foizi, yirik konteyner taşuvçi kemalarning 48 foizi ötgan.
Garçi Tayvan mustaqilligini dunyoning aksariyat davlatlari tan olmagan bölsa-da, bu davlat juda köplab xalqaro taşkilotga, banklarga a’zo hisoblanadi.
Aksariyat xalqaro taşkilot va banklar, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi iqtisodiy hamkorligi taşkiloti va yana boşqalar Xitoyning talabi bilan bu davlat nomini «Xitoy Taypeyi» deb yozadi.
Tayvanliklar öz davlatlari bunday nomlanişiga qarşi bölsa ham xalqaro taşkilotlar a’zoligi uçun şunga çidaşga majbur.
Tayvan «Bir mamlakat – ikki tizim»taklifini rad etadi
1975 yil 5 aprel kuni Tayvan prezidenti Çan Kayşi, oradan bir yarim yil ötib 1976 yil 9 sentabrda Mao Tszedun vafot etdi. Natijada Xitoyda va Tayvanda taşqi siyosat masalalarida özgarişlar röy berdi. Jumladan, Xitoy taşqi dunyo uçun oçila boşladi.
Tayvanda Çan Kayşining öğli Çiang Çingko mamlakat rahbari böladi. Şundan söng Xitoyda islohotlar boşlagan Den Syaopin 1977 yilda Tayvanga «Bir mamlakat – ikki tizim» deb nomlanuvçi dasturni taklif qiladi.
Bu dasturga köra, Tayvan Xitoy tarkibiga qöşilsa, içki va taşqi siyosatni mustaqil belgilaşi mumkin bölgan kengaytirilgan avtonomiya beriş közda tutilgandi. Biroq Tayvan bu taklifni rad etdi.
Oradan 20 yil ötgaç Xitoy Britaniyadan Hongkongni öz tarkibiga qöşib olar ekan, hongkongliklar bunga qarşi çiqadi. Şunda rasmiy Pekin ularga Hongkongni aynan «Bir mamlakat – ikki tizim» dasturi böyiça boşqarişini, bunda mamlakatning içki va taşqi siyosatiga aralaşmaslikka va’da beradi.
Bundan taşqari, Xitoy Hongkongga 50 yil, ya’ni 2047 yilgaça mudofaa va taşqi siyosatdan boşqa masalalarda, ijtimoiy-iqtisodiy tizim, şuningdek mahalliy turmuş masalalarida mustaqil bölişi kafolati berilgan.
Biroq köp ötmay Xitoy Hongkongga bergan va’dalarini buza boşladi va unga bosimni oşirib bormoqda. Oqibatda, sönggi yillarda Hongkongda Xitoy tuzumiga qarşi noroziliklar kuçayib bormoqda.
Bundan taşqari, Xitoy «Bir mamlakat – ikki tizim» dasturini yana bir hudud Makaoga ham qabul qildirgan va u yerda ham aynan hongkongliklar duç kelayotgan muammolar bor.
Xitoyning Honkong va Makaoga nisbatan tutgan yöli ham tayvanliklarni huşyor torttirdi va ular Xitoyning taklifini heç qaçon qabul qilmasliklarini aytib kelişmoqda.
Jumladan, 2022 yil 11 avgust kuni Tayvan taşqi işlar vazirligi vakili Joan Ou mamlakat poytaxti Taybey şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida «Bir mamlakat – ikki tizim» dasturi Tayvan tomonidan heç qaçon qabul qilinmasligini yana bir bor takrorladi.
AQŞ – Tayvanning asosiy himoyaçisi
Xitoy Xalq Respublikasi tuzilib, bu davlat Tayvanga da’vo qila boşlagandan buyon orol davlatni AQŞ qöllab kelmoqda. Amerika Tayvanni himoya qilişda asosiy rolni öynamoqda.
2022 yil may oyida prezident Bayden Tokioda Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida bilan uçraşuv çoğida jurnalistlarning savollariga javob bera turib, agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa AQŞ orol davlatga harbiy yordam körsatişini aytadi.
Albatta, Baydenning bu gapi Xitoy tomonidan keskin tanqidlar bilan qarşilandi. Köp ötmay AQŞ mudofaa vaziri Ostin Lloyd Amerika yagona Xitoy siyosatini davom ettirişini ta’kidladi.
1979 yilda AQŞ Pekin rahbariyatini Xitoyning yagona hukumati sifatida tan oladi. Biroq şu bilan birga Amerika siyosatçilari Xitoy Tayvanni kuç bilan egallaşiga yöl qöymasliklarini ta’kidlab keladi.
AQŞ 1971 yilda XXR BMTda Tayvanning örnini egallagandan keyin bu davlat bilan rasman diplomatik aloqalarni uzgan. Biroq Amerika qonunçiligi AQŞning Tayvanga özini özi mudofaa qiliş vositalari yetkazib berişni talab qiladi.
Bundan taşqari Amerika Tayvanning taşqi savdo aylanmasida yetakçi örinlardan birini egallaydi. Har ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi sönggi yillarda 100 mlrd dollardan oşmoqda.
AQŞning yuqori lavozimli şaxslarining Tayvanga taşrif buyurişi har safar juda katta voqelikka aylanadi va bu Xitoyning tanqidiga sabab böladi.
Jumladan, 2022 yil iyul oyi oxirida AQŞ Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Janubiy-şarqiy Osiyo davlatlariga taşrifini boşladi. Taşrifdan avval u boradigan davlatlar orasida Tayvan yöq edi.
Pelosi Singapur va Malayziyaga borganidan söng Tayvanga taşrif buyurişi haqida e’lon qildi. Öşa zahoti Xitoy tomonidan tahdidiy bayonotlar berila boşlandi.
Öşanda Bayden Pelosining Tayvanga borişini ma’qullamagan, bu masalada ular örtasida tuşunmovçilik ham kelib çiqqandi. Biroq Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi Pelosi Tayvanga boriş huquqiga egaligi, Oq uy esa AQŞ Kongressi mustaqilligini hurmat qilişini aytib çiqdi.
«Spiker Tayvanga taşrif buyuriş huquqiga ega. AQŞning köp yillik siyosatiga muvofiq, Pekinda uşbu ehtimoliy taşrifni qandaydir inqirozga aylantiriş uçun heç qanday sabab yöq», degandi u jurnalistlarga.
Pelosi Tayvanga qarab jönar ekan, Xitoy harbiylari Tayvan böğozida faollaşadi, harbiy manyovrlar ötkazişadi.
Xitoy tomoni har qança tahdid qilmasin Nensi Pelosi Tayvanga taşrif buyurdi. U ötirgan samolyot 2022 yil 2 avgust kuni tunda Tayvanga qöndi.
Samolyot qöngaç Pelosining ofisi rasmiy bayonot berdi. Unda Kongress delegatsiyasi taşrifi Amerikaning Tayvan demokratiyasini «qöllab-quvvatlaşda ikkilanmasligi» hamda bu taşrif AQŞning Xitoy böyiça siyosatiga «heç qanaqasiga zid emasligi» aytilgandi.
Pelosining taşrifi davomida The Washington Post gazetasida «Men nima uçun Tayvanga Kongress delegatsiyasiga rahbarlik qilyapman?» sarlavhali maqola çiqdi.
Nensi Pelosi Tayvanga taşrif buyurgaç Xitoyda bunga qarşi norozilik namoyişlari ötkaziladi va uning portreti oyoqosti qilinadi.
Maqolada kongressvumen AQŞ Tayvan xavfsizligini ta’minlaşga va’da bergani va hozirda Tayvan demokratiyasi Xitoy tomonidan xavf ostida qolganini unutmaslik kerakligini aytadi: Pelosining sözlariga köra, Pekin sönggi yillarda orol atrofida harbiy faollikni şu qadar oşirganki, bu AQŞ Mudofaa vazirligini Xitoy Tayvanni kuç bilan qöşib olişga tayyorlanayotgani haqida xulosa çiqarişga majbur etgan.
«Bizning taşrifimiz Tayvan özini va öz erkinligi himoya qilar ekan, Amerika uning yonida turişi haqidagi aniq bayonot sifatida qabul qilinişi kerak. Bugun, dunyo avtokratiya va demokratiya tanlovi qarşisida turganida, Amerika Tayvanning 23 millionlik xalqi bilan birdamlik körsatişi har qaçongidan muhim», degan u.
Spiker 1991 yilda Xitoyga Kongress delegatsiyasi bilan taşrif buyurgani hamda Tyananmen maydonida «Xitoydagi demokratiya uçun qurbon bölganlar xotirasiga» yozuvi tuşirilgan lentani kötargani haqida eslatgan. U Xitoyda inson huquqlari bilan boğliq vaziyat tobora yomonlaşayotganini ta’kidlagan.
1991 yilda, Pekindagi Tyananmen maydonidagi namoyişlar şafqatsizlik bilan bostirilganidan ikki yil ötib, öşanda Kaliforniya ştatidan kongressmen bölgan Pelosi Xitoy poytaxtiga kelgandi.
Öşanda u rasmiy eskortdan ajralib çiqib, yana ikki nafar kongressmen bilan birgalikda Xitoy tomoni ruxsatisiz şahar maydoniga kirgan va kameralar qarşisida «Xitoydagi demokratiya uçun qurbon bölganlar xotirasiga» yozuvi tuşirilgan kiçik qora bannerni kötarişgandi.
Öşandan buyon 30 yildan köproq vaqt ötdi va Pelosi Xitoyga nisbatan tanqidiy qaraşlarini özgartirgani yöq. U doim Xitoyni inson huquqlarini buzib kelayotganlikda ayblab keladi.
Umuman olganda AQŞning Tayvan hamda Xitoy bilan munosabatlari şu – Vaşington «Yagona Xitoy» siyosatini davom ettiradi. Şu bilan birga heç qaçon Xitoy Tayvanni kuç bilan egallaşiga yöl qöymaydi.