Arzonlaşgan “rastamojka”, sotilgan Ipotekabank, Uzum va Click birlaşuvi – iqtisodiy taymlayn
|00:00 / 18.06.202349 5579 min
Dvigatel hajmi 1,2 litr va undan kamroq bölgan avtomobillar uçun bojxona boji pasaytirildi. Uzum va Click'ning birlaşuvi faollarda monopoliya xavotirini uyğotdi. Hukumat suvdan foydalaniş böyiça “keskin takliflar” tayyorlayapti. Yakunlanayotgan haftaning iqtisodiy yangiliklari – iqtisodiy taymlaynda.
Eng arzon segmentdagi avtomobillar uçun boj tösiği pasaydi
Juma kuni keçqurun haftaning eng asosiy yangiliklaridan biri – ayrim toifadagi avtomobillar uçun boj tölovlarini kamaytiriş böyiça prezident qarori e’lon qilindi.
Qarorga köra, işlab çiqarilganiga 1 yildan oşmagan, dvigatel hajmi 1000 sm kubdan yuqori bölmagan yangi yengil avtotransport vositalari uçun bojxona boji 2026 yil 1 yanvargaça 0 foiz deb belgilandi. Dvigatel hajmi 1000–1200 sm kub bölgan avtomobillarni olib kirişda esa 5 foizlik boj stavkasi qöllanadi.
Bu ikki toifadagi avtomobillar uçun amaldagi stavkalar 15 foizdan bölib, asosiy stavkaga qöşimça koeffitsiyentlar ham belgilangan edi.
Rasmiylarga köra, yangi qaror natijasida narxi 10 ming dollar, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgaça bölgan avtomobilni Özbekistonga olib kirişdagi jami bojxona tölovlari taqriban 4 ming dollardan 2 ming dollarga kamayadi. Narxi 20 ming dollar, dvigatel hajmi esa 1,2 litr bölgan avtomobilni olib kiriş xarajatlari esa 10 ming dollardan 7 ming dollarga pasayadi.
Ikki yirik moliyaviy IT-kompaniya birlaşmoqda
Uzum va Click kompaniyalari birlaşyapti. Birlaşiş böyiça keyingi qadamlar töğrisidagi bitim 12 iyun kuni Toşkentda imzolandi.
“Kompaniyalar kundalik muammolarni hal qiliş va biznesni rivojlantiriş uçun bir vaqtning özida bir neçta yangi servislarni işga tuşirişni rejalaştirmoqda” deyiladi Uzum kompaniyasi xabarida. Kompaniyalar Clickni superapp'ga aylantirişni rejalaştiryapti.
Ötgan yil dekabrda Uzum kompaniyasi “Kapitalbank”ning 50 foiz uluşini sotib oldi, undan avvalroq esa bankning şu’ba korxonasi bölmiş “Apelsin” raqamli banki Uzum ekotizimiga qöşildi va öz nomini Uzum Bank deb özgartirdi. Ayni paytda bu brend ostidagi marketpleys ommalaşib boryapti.
Mavzuga oid
Click va Uzum kompaniyalarining qöşilişi borasida jamoatçilikda raqobat qonunçiligi yuzasidan savollar tuğildi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bu kompaniyalarning birlaşişiga Raqobat qömitasi ruxsat berganmi, degan savolni örtaga
Uning ta’kidlaşiça, Uzum guruhining moliyaviy xizmatlar va boşqa raqamli mahsulotlar segmentini kosmik tezlikda egallab borayotgani, Click esa tölov tizimi bozorida 11 million foydalanuvçi bilan eng katta öyinçi bölgani hisobga olinsa, talabgorlar özlari murojaat qilmagan taqdirda ham Antimonopoliya organi özi mustaqil örganiş ötkazişi kerak edi.
Raqobat qömitasi bunga javoban birlaşiş haqidagi rasmiy bitim hali tuzilmagani, Click ta’sisçilari röyxatiga özgarişlar kiritilmagani va kompaniyalar qömitaga murojaat qilmaganini bildirdi.
Şu örinda aytiş kerakki, kompaniyalarning rasmiy bayonotida Click mulkdorlari Uzumʼning aksiyadorlariga aylanişi ma’lum qilingan.
Suv böyiça “keskin takliflar”
Hukumat suvdan foydalaniş böyiça keskin takliflar tayyorlayapti. Bu haqda ötgan yilgi budjet ijrosi yuzasidan parlamentga hisob bergan iqtisodiyot va moliya vaziri Şerzod Qudbiyev ma’lum qildi. Uning aytişiça, 2024 yilgi davlat budjetiga suvni tejaşni rağbatlantiradigan mexanizmlar kiritiladi.
“Suvni sarflaş madaniyati va uni ölçaş, yetkazib beriş böyiça juda keskin takliflar tayyorlanyapti. Ular tayyor bölişi bilan 2024 yil budjet loyihasida ham körasizlar, suvga bölgan munosabatimizni keskin özgartiradigan va uni tejaşni rağbatlantiradigan mexanizmlar haqida öylayapmiz”, – dedi vazir.
Qudbiyevning ma’lum qilişiça, 2022 yilda 1 mln 600 ming aholi ilk bor içimlik suvi bilan ta’minlangan, 3,4 mln aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilangan.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta Özbekistonga kelgan Xalqaro valuta jamğarmasi raisi Kristalina Georgiyeva suv muammosiga e’tibor qaratgandi. U Özbekistonda suvning bozor narxi şakllanmagani, bu suvni tejaşga rağbat uyğotiş uçun birinçilardan bölib qilinişi kerak bölgan islohot ekanini aytgandi.
Ipoteka bank Yevropa kompaniyasiga sotildi
Özbekistonning beşinçi yirik banki bölmiş Ipoteka bankning 73,7 foiz uluşi Vengriyaning OTP guruhi nazoratiga ötdi. OTP bank Özbekiston hukumatining Ipoteka bankdagi uluşlaridan 75 foizi uçun kelişilgan summani 13 iyun kuni ötkazib bergan. Qolgan 25 foiz uç yil içida sotib olinadi.
Vengriya banki va Özbekiston hukumati bu borada 2020 yildan beri muzokara ötkazadi. 2022 yil oxirida tomonlar örtasida oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan.
OTP bank boşqaruv raisi örinbosari Laslo Volfning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, birinçi bosqiçda sotib olingan bankning 74 foiz uluşi uçun OTP guruhi 240 mln dollar tölagan. Bankning umumiy narxi esa 324 mln dollarga baholangan.
Hozirça Ipoteka bank nomi özgartirilmadi, ammo bank nazoratçilari keyinçalik uning nomini OTP bankka özgartirişi mumkin.
Bank boşqaruv raisi örinbosari bankning moliyaviy imkoniyatlari kattaligidan kelib çiqib arzon xizmatlar taklif eta oladimi, degan savolga ham javob berdi.
“Men bozor narxidan past narxda xizmatlar taklif qilamiz deb öylamayman. Lekin, albatta, biz narx oraliğining pastki qismida bölişni xohlaymiz. Qayta moliyalaş va depozitlar OTP banki uçun ham [boşqalar bilan] bir xil narxga ega böladi. Şuning uçun biz nisbatan arzonroq banklar qatorida bölişga harakat qilamiz, lekin men köpçilik raqobatçilarimizga qaraganda ança arzon bölişiga va’da bera olmayman”, - dedi Laslo Volf.
Muomaladan çiqqan pullarni almaştiriş davom ettiriladi
Markaziy bank muomaladan çiqqan 50, 100, 200 va 500 sömlik pullarni almaştiriş muddatini uzaytirdi.
2023 yilning 1 yanvarigaça qobiliyatini yöqotgan pul belgilari – 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarni amaldagi pul belgilariga almaştirib oliş mumkin edi. Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, muomaladan çiqqan bu banknotlarni almaştiriş davom etadi.
Lekin buni tijorat banklarida qilib bölmaydi, faqat Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlariga murojaat qiliş kerak. Rasmiy relizga köra, muddat uzaytirilganiga fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar asos bölgan.
Asosiy stavka özgarişsiz qoldi
Markaziy bankdan uzoqlaşmaymiz. 15 iyun kuni regulyatorning boşqaruv yiğilişi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi.
Rasmiy bayonotga köra, iqtisodiyotda inflatsiyaning fundamental va mavsumiy omillar ta’sirida sekinlaşiş dinamikasi davom etyapti. Yil oxirigaça joriy tendensiyalar saqlanib qolinişi bilan birga, inflatsiyani keskin oşiruvçi xatarlar vujudga kelişi ehtimollari kamayyapti.
Nisbatan qat’iy pul-kredit şaroitlarining saqlanib qolinişi va taşqi şaroitlarning narxlarga nisbatan ta’sirlari mö’tadilligi inflatsiyani pasaytiruvçi omillar bölgan.
Markaziy bank kelgusida asosiy stavkani pasaytiriş imkoniyatlari yuzaga kelişi mumkinligini ta’kidladi, buning uçun bazaviy inflatsiya va inflyatsion kutilmalarning barqaror pasayiş trayektoriyasiga ötişi, iqtisodiyotda nisbatan qat’iy pul-kredit şaroitlari saqlanib qolişi kerak.
Soliqlardan yengilliklar e’lon qilindi
Jismoniy şaxslarning ayrim soliq qarzlaridan voz keçilmoqda. 14-iyunda qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq, jismoniy şaxslarning mol-mulk va yer soliqlariga hisoblangan penya summalari hisobdan çiqarilyapti. Ya’ni bunda 2023 yil 1 iyun holatiga köra, jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği va yer soliği böyiça muddatida tölanmagan qarziga hisoblangan penya summalari bekor qilindi.
Bundan taşqari:
oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmayotgan YaTTning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;
xöjalik yurituvçi sub’yektlarning taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorligi uçun qöllangan jarimalar summasi ham bekor qilinyapti.
Uşbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undiriş bilan boğliq sud va ijro işlari tugatiladi.
2024 yil 1 iyungaça yer uçastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy şaxslarga yer soliğining 3 karra oşirilgan stavkasida soliq hisoblaş tartibi töxtatiladi.
Fermer xöjaliklariga 2023 yil 1 iyun holatiga şakllangan suv soliğidan qarzini 12 oy mobaynida teng uluşlarda foizsiz bölib-bölib tölaşga ruxsat etildi.