Özi nima gap?
3 iyul kuni IIV 7 ming dona planşet yetkazib beriş böyiça tenderni yakunladi. Davlat xaridlari portalida ma’lum qilinişiça, Litvaning Start Group kompaniyasi Özbekiston IIV xodimlari uçun tenderda ğolib çiqqan va lot uçun 3,61 mln yevro (44 mlrd söm) taklif qilgan. Bir donasi taxminan 6,38 mln sömga tuşgan planşetlar profilaktika inspektorlari, PPX xodimlari va boşqa xizmatlar işini yaxşilaşga yordam berişi kerak.
Sotib olingan planşetlardan ma’muriy bayonnomalarni röyxatdan ötkaziş, qidiruvda bölgan fuqarolar va öğirlangan transport vositalarining mavjud ma’lumotlar bazasiga tezkor kiriş, qidiruvda bölgan şaxslar asosida şaxsni aniqlaş, IIV ma’lumotlar bazasiga kirişni ta’minlaş hamda matnli hujjatlar, fotosuratlar va videolar, ovozli fayllarni yuborişda foydalaniş közda tutilgan.

Tenderning boşlanğiç bahosi 53,7 milliard söm etib belgilangan. Tanlovda 9 ta kompaniya iştirok etdi, ulardan 7 tasi taqdim etilgan planşetlar namunalarida kamçiliklar tufayli diskvalifikatsiya qilingan. Tender komissiyasi qolgan ikkita kompaniyadan Start Group’ni 3,61 million yevro miqdoridagi summasi bilan ğolib deb topdi, bu öşa paytda 44,66 milliard sömga teng edi (şunda bitta planşet narxi taxminan 6,38 million sömni taşkil qiladi).
7000 ta planşet uçun 50,5 milliard söm taklif etgan Solution Trade kompaniyasi esa zaxira ğolib deb topilgan. Gazeta.uz’ning yozişiça, komissiyaning olti a’zosidan bittasi tender natijalariga rozi bölmagan.

Texnik topşiriqda planşetlarning operatsion tizimi Android 9 yoki undan yuqori versiyalardan birida bölişi kerak. Bundan taşqari, protsessor çastotasi kamida 2 gigagersga, yadrolar soni kamida 9 ga teng bölişi belgilangan. Taşqi xotirasi 64 gigabaytdan, operativ xotirasi 4 gigabaytdan kam bölmagan planşetda barça kerakli drayverlar örnatilgan bölişi lozim.
Şuningdek, planşet barmoq izlarini taniş, ştrix kod va QR-kod, ID-karta va pasport ma’lumotlarini öqiy oliş xususiyatlariga, maxsus sensor qalamiga ega böladi. Ekran 8 dyuymli, ölçamlari 1920x1200 piksel bölişi lozim.






















