4 avgust kuni xalq deputatlari Çiroqçi tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi.
Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Çiroqçi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşdi.
F.Yusupov 1976 yil Qamaşi tumanida tuğilgan. U 1999 yil Toşkent moliya institutini, 2006 yil Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
Çiroqçi tumaniga 2022 yil aprelidan buyon Nodir Erkayev rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari va Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 2023 yil iyul oyida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida işdan olingandi.
- 3 avgust kuni Mirişkor tumaniga ham yangi hokim tasdiqlangandi. Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Fayzulla Ğulomov iyul oyidagi yiğilişda işdan ketgan Şerali Sanayev örnini egallagandi.

















