Sönggi kunlarda Farğona vodiysidagi metan gaz töldiriş şoxobçalarida davomiyligi bir neça kilometr bölgan avtomobillar navbati yuzaga kelgan.
Kun.uz'ga murojaat qilgan haydovçilarning ma’lum qilişiça, gaz töldiriş şoxobçalaridagi navbatlarning yuzaga kelişi şoxobçalarga tabiiy gaz uzatişdagi çeklovlar bilan boğliq.
“Andijon viloyatidan yozyapman. Yigirma kundan oşdi, “zapravkalar”da uzun navbatlar yuzaga kelgan. Şuning uçun bir kun oldin keçki payt kelib, navbatga turaman. Keçasi bilan şu yerda qolaman. Yölkiralar karrasiga oşib ketgan. AI-80 benzinini topiş muammo, bori ham qimmat”, deydi murojaatçilardan biri.
Boşqa bir murojaatçi metan gaz muammosi qaçon hal bölişini, nima uçun aynan Farğona vodiysida şunday holat kuzatilayotganini rasmiylar tuşuntirib berişini söragan.
“Viloyatimizda 10 kundan oşdi, “gaz zapravkalar” işlamaydi. Mas’ul taşkilotlar jim. Xalq uçun arzoni AI-80 benzini edi, lekin u yöq. AI-92 qimmat – 10 500 sömdan 12 ming sömgaça, sifatini-ku bilmaymiz. “Gaz zapravkalar” oçilişi haqida heç kim heç narsa gapirmaydi. Köp qavatli uylarda ham gaz past, suyuq ovqat ham 1 soatda pişyapti”, – deya yozgan boşqa bir namanganlik murojaatçi.
Avvalroq, Farğona viloyatining Danğara tumanida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida uç nafar şaxs örtasida janjal kelib çiqqani va bir kişi vafot etgani xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda janjal navbat talaşiş oqibatida yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Vaziyat 10-11 fevral kunlarigaça önglanadi”
Energetika vazirligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, metan şoxobçalarda har bir hududning özidan kelib çiqib reja-grafik qilingan.
“Gaz bosimi past. Agregatlarning kuçi yetmayapti tortişga. Gazni borgan sayin çuqurdan tortib olyapmiz. Şuning hisobiga tabiiy gaz birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini isitişga yönaltirilyapti.
Metan “zapravka”larda esa har bir hududning özidan kelib çiqib reja-grafik qilingan. Reja-grafikni yuritiş vakolati hudud ma’muriyatlariga berilgan. Ular mavjud gaz zaxirasini aholiga, ijtimoiy soha obektlariga va metan “zapravka”larga taqsimlaşadi.

















