Oliy Majlis Senatining 18 aprel kungi yalpi majlisida sözga çiqqan Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev islom moliyasini rivojlantirişga oid qanday işlar qilinayotgani haqida senatorlar savoliga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

MB raisi örinbosariga köra, ötgan yili avgustda ham, undan oldingi yilda ham prezidentning tadbirkorlar bilan uçraşuvida islom moliyasi masalasi kötarilganidan beri vazirliklararo işçi komissiya bu böyiça işlagan.

“Bitta narsani tuşuniş kerak, bu yangi va murakkab soha. Qonunçilikka juda köp özgartiriş kiritişni talab qiladi. Markaziy bank töğrisidagi qonundan tortib, banklar faoliyati töğrisidagi qonungaça. Hozir qonun loyihasi tayyor. 2024 yilda şuni işlab parlamentda kiritiş vazifamiz bor deb hisobotimda ham aytib ketdim.

Undan taşqari, bizda boşqa qonunga özgartiriş kiritilgan. Mikromoliya taşkilotlari töğrisidagi qonunimizda alohida tartibi bor, buning endi nizomi kutilayotgan edi. Bu Markaziy bank tomonidan işlab çiqildi. Bu islomiy moliya xizmatlarini körsatişga oid. Davlat röyxatidan ötiş kerak, şundan keyin bu sohada işlaş boşlanadi”, dedi Behzod Hamroyev.

Behzod Hamroyev bergan ma’lumotlarga köra, 12ta bankda, xususan, Agrobank, Sanoatqurilişbank, Mikrokreditbank, Ipak yöli banklarida xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça kredit liniyalari hisobidan muboraha xizmatlari körsatilib kelinyapti.

Şuningdek, Trastbank huzuridagi “Trast muomalat” MÇJ tomonidan islomiy lizing, ya’ni ijara va muboraha – nasiyaga savdo operatsiyalari, Hamkorbank tomonidan ham islomiy lizing xizmatlari körsatib kelinyapti.

“Bazaviy qonunlarimizni 2024 yilda yakuniga yetsazsak, qolgan banklarda ham bu xizmatlar ommalaşişiga ham talab bor, ham şaroit yaratiladi”, – dedi MB raisi örinbosari.

Özbekistonda islom moliyasi

Özbekiston rasmiylari bank sektori va taşqi savdoni rivojlantiriş maqsadida islom iqtisodi boşqaruvi va islom moliyaviy institutlarini joriy qiliş niyati haqida 2017 yildan buyon aytib keladi.

Kiçik va örta biznesni rivojlantiriş maqsadida Ipak yöli banki Islom taraqqiyoti korporatsiyasidan 2006 yili 2 million, 2010 yil 5 million, 2017 yilda esa 14 million dollar mablağ jalb qilgan.