Kun.uz muxbiri Şuhrat Şokirjonov Kofrun qişloği va M25 koni yaqinida bölib qaytdi. U taassurotlari bilan bölişarkan, qişloqda deyarli heç kim qolmagani, ayrim odamlar uyidan xabar olgani qaytayotganini aytadi. “Agar yillar, oylar davomida gaz sizib çiqişi davom etsa, bu qişloqqa heç kim kelmaydi”, – deydi u.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" konida texnogen ofat yuzaga kelganiga 10 kundan oşdi. Şunga qaramay, kondan zaharli gaz sizib çiqişi hali töxtatilgani yöq. Zararini minimallaştiriş maqsadida yoqib qöyilgan gazdan ham oltingugurt islari çiqib, qöşni qişloq va şaharlargaça yetib borgan.
Kun.uz avvalroq bu haqda kon joylaşgan hudud, Kofrun qişloğidan tayyorlagan eksklyuziv reportajida ham aytib ötgandi. Tahririyat muxbiri Şuhrat Şokirjonov materialda körgan-keçirganlari bilan bölişgan. Lekin barça ma’lumotlar bilan emas. Kun.uz hozirga kelib boysunliklarning taqdiri nima bölgani, hududdan evakuatsiya qilinganlarga amaliy yordam berildimi yoki yöq – şularni biliş maqsadida Şokirjonov bilan intervyu qildi.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi videoda tomoşa qilişingiz mumkin.
Boysundagi texnogen ofatdan söng, rasmiylarda nima gap? 11 sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ötgan anjumanda vazirlik matbuot kotibi örinbosari Samandar Hikmatullayev yaqin kunlarda kondagi vaziyat jilovlanişini qayd etdi.
"Hozirgi kunda yuqori bosimda çiqayotgan gazni jilovlaş, siqib oliş böyiça hukumat komissiyasi taşkil qilingan, işlar amalga oşirilyapti. Asosiy işni bajaruvçi taşkilot – “Özbekenergo”. Ular bilan hamkorlikda ştab taşkil qilingan, u yerda hukumat komissiyasi bor. Respublika rahbariyati öşa kunning özidayoq topşiriqlar qöygan, aholiga xavflarning oldini oliş böyiça bir qator keçiktirib bölmaydigan tadbirlar amalga oşirilyapti. Hozirda xorijiy tajriba ham örganilyapti. Yaqin kunlarda konni jilovlaş işlari amalga oşiriladi”, – dedi Samandar Hikmatullayev.
Şuningdek, rasmiy vakil vodorod sulfiddan ommaviy zaharlaniş yöqligi, ayrim fuqarolarda yengil zaharlaniş kuzatilayotgani aytdi.
"Töğri, ijtimoiy tarmoqlardan ham köryapmiz yoki özimizdagi ma’lumotlar böyiça, uy-joyini, mol-holini körgani kelgan aholida ayrim hollarda zaharlaniş hollari bor. Bu – yengil zaharlaniş. Şifokorga murojaat qilganidan söng, yordamni olib, qisqa vaqt içida çiqqan holatlar bor. 2-3 kun oldin bölgan ayollar [zaharlangani] holatida, ular qisqa vaqtda şifoxonaga borişgan va zaruriy yordam körsatilgan, ular bugungi kunda işni davom ettirişyapti. Demak, bunday holatlar ham bor",– deydi u.
















