Trampga tabrik xati, Toşkent havosini buzayotgan issiqxonalar, uyda saqlaş taqiqlangan yovvoyi hayvonlar röyxati, propanning boşlanğiç birja narxiga çeklov — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Mirziyoyev Trampni tabrikladi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Donald Trampga AQŞ prezidenti saylovida ğalaba qozonib, uşbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yölladi.

«Saylovlardagi işonçli ğalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatçining AQŞning xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oşiriş, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlaşga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qöllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi», — deyiladi tabrik xatida.

Prezident tabrigida şuningdek, uzoq muddatli va keng qamrovli Özbekiston-AQŞ munosabatlarini yangi bosqiçga kötariş maqsadida AQŞ prezidenti Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişi taklif etilgan.

Toşkent havosini buzayotgan issiqxonalar

Poytaxt atrofidagi issiqxonalarning yarmidan köpi kömir, ba’zan rezina şinalar va boşqa yonuvçi vositalardan foydalanayotgani ma’lum qilindi. Ekopartiya Ekovazirlik va Boş prokuraturadan muammoga tezkor çoralar körişni söradi

Ekopartiya ma’lumotiga köra, Toşkent şahri atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yurityapti. Ularning 60 foizi kömirdan, ba’zan esa rezina şinalardan foydalanyapti. Şahar havosining yomonlaşuvida issiqxonalarning ta’siri köp.

Şuningdek, partiya havoning ifloslanişiga köp sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar örnatmayotganini sabab qilib körsatgan.

3 noyabrga ötar keçasi Toşkent şahri havosida zaharli zarraçalar miqdori 780 mkg/m3 darajagaça oşgan edi