Yana IMEI maşmaşasi: deklaratsiyasiz olib kirilgan telefonlarga boj solinmoqda. Piskentda navbatdagi hangoma: 20 daqiqada 8 ta maşina tekşirib bölindi. Transport vaziri va’da berdi: Toşkentga yana mingta avtobus olib kelinadi. Endi Özbekistonning arab dunyosida ham strategik şerigi bor. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Deklaratsiyasiz telefon olib kirganga – boj

Boşoğriqqa aylangan UzIMEI tizimi sabab Özbekistonda telefonlar narxi oşadimi? Oxirgi kunlarning şov-şuvli savollaridan biri aynan şu. Bir neça oy oldin xorijdan telefon olib kirişda qöşimça byurokratik talab kuçga kirgan bölsa-da, telefonlar narxi oşadi deyişga hozirça asoslar yetarli emas. Bu haqda biroz keyinroq töxtalamiz, hozir esa yangilikning öziga e’tibor qaratsak.

Ma’lum bölişiça, endilikda telefon, planşet kabi mobil qurilmalarni IMEI tizimida röyxatdan ötkaziş uçun xorijga çiqib kelgan bölişning özi yetarli emas. Jismoniy şaxslar özi bilan yangi telefon olib kirayotgan bölsa, bojxona punktida deklaratsiya töldirişi kerak böladi. Aks holda, keyinçalik qurilmaning IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş paytida registratsiya tölovidan taşqari, bojxona bojini ham tölaşga töğri keladi.

Rasmiylarga köra, bu tartib aslida Vazirlar Mahkamasining 2023 yildagi qarorida belgilangan. Lekin bojxona organlari va UzIMEI tizimi özaro integratsiyani ötgan yili oktyabrda yakunlagan va şu vaqtdan boşlab, deklaratsiya töldirmasdan olib kirilgan mobil qurilmalarni UzIMEI'dan ötkazişda qurilma bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida boj undiriş boşlangan. Masalan, 1200 dollarlik iPhone 16 Pro Max uçun boj miqdori 360 dollarni taşkil etişi mumkin. Bunga qöşimça, 75 ming sömlik UzIMEI tölovi ham bor.

Piskentdagi tekşiruvlar tezlaşib ketdi

UzIMEI bilan birga, UzTest maşmaşasi ham davom etyapti. Taşkilot bayonot bilan çiqib, Piskentdagi poligonda import avtomobillarni sinovdan ötkaziş tezlaştirilişi, texnik körik vaqti 20 daqiqadan 15 daqiqaçaga qisqartirilişini ma’lum qildi. Natijada laboratoriyada kuniga 96 ta avtomobil sinovdan ötkaziladi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili kuniga örtaça 204 ta avtomobil import qilingan. Ya’ni mavjud talab laboratoriyaning quvvatidan 2 barobarga köp. Bundan kelib çiqilsa, vaqt ötişi bilan navbatlar faqat uzayib boraveradi.

UzTest'ning bayonotidan bir neça kun ötib, autodeklarant Telegram-kanali qiziq holat haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, Piskentdagi texnik körik haqiqatan ham ança tezlaşib ketgan. “20 minutda 8 ta avtomobilni tekşirib bölişdi. Bizni tekşiruvçilarni körsa, Xitoy ham hayratlansa kerak”, deya yozdi kanal muallifi. Röy bergan holat unda quyidagiça savolni uyğotgan: “Özi tekşirişadimi yoki faqat pul qiliş uçun qilinganmi bu?”

UzTest qanday qilib 20 daqiqa içida 8 ta avtomobilni tekşirib ulgurganiga hozirça izoh bermadi. Laboratoriya oçilganidan beri şu paytgaça özi birorta avtomobilda nuqson aniqlandimi-yöqmi, bu savolga ham javob yöq. Yana bir javobsiz savol quyidagiça: laboratoriyaning quvvati mavjud talabdan karrasiga kamligi şaroitida, töxtovsiz uzayib boradigan navbatlar muammosini hal qiliş böyiça mas’ullarda biror reja bormi özi?

Uç marta sudlangan mansabdor yana sudlanadigan böldi

Korrupsioner hokim yordamçilaridan navbatdagisi Toşkent şahrida uşlandi. Rasmiy xabarga köra, Uçtepa tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi bölib işlovçi şaxs dökon oçmoqçi bölgan fuqaroga 2 sotix yerni auksionda yutib, nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan va buning evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida qölga tuşgan. E’tiborlisi, u avval ham talon-toroj, firibgarlik va mansabini suiiste’mol qiliş moddalari bilan naq 3 marta sudlangan.

Kamida uç marta korrupsiyada ayblangan odamga juft bölsin degandek törtinçi marta ham imkoniyat yaratib berilgan ekan, bir narsani taxmin qiliş mumkin: agar buzuq tizim tuzatilmasa, bu şaxs hali beşinçi va undan keyingi imkoniyatlardan ham umidini uzmasa böladi. Mansabdorning davlat işidagi karerasiga uzil-kesil nuqta qöyilişi uçun naq uç marta sudlanişning ham yetarli bölmayotgani açinarli.

Bu masalada oxirgi misollardan yana biri – Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev. U hokim bölgan vaqtida qabuliga kelgan avomga poygakdan joy bergani bilan internetda maşhur bölgan, şu harakati uçun işdan olingandi. Keyinçalik sud hukmi bilan korrupsioner deb topilib, axloq tuzatiş jazosini olgan. Şunga qaramay, Egamberdiyev bugungi kunda viloyat miqyosidagi taşkilotga rahbarlik qilmoqda. U kvazi-davlat taşkilotlari qatorida sanaladigan Kasaba uyuşmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengaşi raisiga aylangan.

Bu hafta jamoatçilik e’tiborini tortgan davlat xizmatçilaridan yana biri – sudya. Yodingizda bölsa, bir neça oy oldin Namangan viloyati sudi bir xil jinoyat sodir etgan ikki şaxsga ikki xil jazo tayinlagan: oddiy fuqaroni qamab, xuddi şunday jinoyat qilgan Pop tumani hokimining öğlini ozodlikka çiqargandi. Holatga Kun.uz e’tibor qaratişi ortidan, iş qaytadan körilib, öğrilikda ayblangan hokimning öğli qamoqqa qaytarilgan edi. Öşanda uni ozod qilgan apellyatsiya instansiyasi sudiga Avazbek Inomov raislik qilgan. Ne tongki, kuni keça Sudyalar oliy kengaşi 18 nafar sudya qatorida aynan Avazbek Inomovni ham “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirladi.

Toşkentga yana 1000 ta avtobus olib kelinadi

Yil oxirigaça Toşkent şahri uçun yana mingta avtobus sotib olinadi. Bu haqda prezident huzuridagi yiğilişdan keyin transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi. Yangi avtobuslar partiyasining olib kelinişi, 2023 yilda sotib olingan mingta va ungaça foydalanişda bölgan 800 ta avtobus bilan birga, poytaxt jamoat transportida yangi yönalişlarni oçiş, mavjudlarida intervalni qisqartiriş imkonini beradi.

Vazirning sözlariga köra, 2025 yil oxirigaça avtobus bekatlarida QR-kodli çipta xarid qiliş uçun 675 ta infokiosk örnatiş reja qilingan. Natijada infokiosk bilan ta’minlangan bekatlar soni qariyb 1500 taga yetadi. Umuman, poytaxt jamoat transportini rivojlantiriş böyiça yangi dastur qabul qilinişi, 1 fevralgaça tegişli qaror loyihasi işlab çiqilişi kutilmoqda.

Bu örinda, viloyatlar-çi degan savol tuğilişi tabiiy. Ötgan yilgi davlat dasturiga asosan, Nukus şahri va viloyatlar markazlari uçun tabiiy gazda yuradigan 900 ta avtobus sotib olinişi kerak edi. Transport vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, bu topşiriq yuzasidan 820 dona avtobusni xarid qiliş buyiça işlab çiqaruvçi zavodlar bilan şartnoma imzolangan, şundan 493 ta avtobus Özbekistonga olib kelingan. “Qolganlari ham kelişda davom etmoqda. Bundan taşqari, 2024 yilda hududlarga 500 dona mikroavtobus olib kelindi”, – deya ma’lum qildi vazirning matbuot kotibi Navröz Aşurmatov.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

BAA – Özbekistonning arab dunyosidagi birinçi strategik şerigiga aylandi. Ikki davlat örtasida strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiya prezident Şavkat Mirziyoyevning Abu-Dabiga taşrifi vaqtida imzolandi. Sun’iy intellekt, raqamlaştiriş, yaşil energetika, şaharsozlik va turizm özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlari deb belgilandi. 2030 yilgaça özaro savdoni 10 barobarga oşiriş, investitsiya portfelini 50 mlrd dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi. Şavkat Mirziyoyev ötkazgan selektorda ma’lum qilinişiça, u investitsiya jalb qiliş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş va boşqa yönalişlarda jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan. Mahmudaliyev Sirdaryoni 2022 yil noyabr oyidan buyon boşqarib kelayotgan edi. Uning örnida kim iş boşlaşi hozirça ma’lum emas.

Humo tölov tizimi 65 mln dollarga sotildi. Xaridor – ötgan yili xususiylaştirilgani ma’lum bölgan Paynet kompaniyasi. Bank bozorida muhim öringa ega Humöning ikkita bank bilan affillangan kompaniyaga sotilgani haqidagi izohlar ortidan, Paynet bayonot e’lon qilib, halol raqobat tamoyillariga sodiqligini ma’lum qildi. Oçiq ma’lumotlarga köra, Humöni sotib oliş bitimi rasmiy e’lon qilinganidan bir neça hafta avvalroq tuzilgan. Bitim qiymati Paynet'ning sof aktivlari qiymatidan uç barobarga yuqoriligi e’tiborga molik.

Samarqand şahrida öndan ortiq kişi qölbola spirtdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda. Taxminlarga köra, ular mahalladagi dökonlardan birida yaşirinça sotilgan spirtdan iste’mol qilgan bölişi mumkin. Şuningdek, Turkiyaning Istanbul şahrida 17 nafar özbekistonlik qalbaki alkogoldan zaharlanib halok böldi. Konsulxonaning şanba kungi axborotida yana 5 vatandoş şifoxonada ekani ma’lum qilingan. Umuman, Turkiya böylab alkogoldan zaharlanganlar jami 90 ga yaqin, şundan qariyb 40 nafari vafot etgan. Holatga aloqadorlikda gumonlanib ikki turkmanistonlik qölga olingan.

Uzbekistan Airways'ning Buxoro–Moskva reysida favqulodda hodisa röy berdi. 15 yanvar kuni Airbus A320 samolyoti manzilga yetib borib, Vnukovo aeroportiga qönayotganida dvigatellardan biri işdan çiqqan. Kompaniya xabariga köra, ekipaj tomonidan tegişli çoralar körilib, qöniş muvaffaqiyatli amalga oşirilgan. Havo kemasi bortida 132 yölovçi bor edi. Oçiq ma’lumotlarga köra, 14 yoşga tölgan samolyot Vnukovodagi tiklaş işlaridan keyin parvozlarga qaytib, keyingi 3 kun içida 6 ta reysni amaga oşirgan.

“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka çiqdi. Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, 74 yoşli mahkum salomatligidagi muammolar tufayli Jinoyat kodeksida belgilangan tegişli tartib asosida ozod qilingan. Eslatib ötamiz, 2023 yil dekabr oyida hibsga olingan Salim Abduvaliyev ötgan yili öqotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mafkura böyiça siyosiy arbob Ra’no Abdullayeva vafot etdi. Özbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy komitetining mafkura masalalari böyiça kotibi bölgan Ra’no Abdullayeva 12 yanvar kuni, 89 yoşida vafot etdi. Siyosatçi 1970-80-yillarda Özbekistonda eng katta ta’sirga ega şaxslar qatorida bölgan, mamlakatning boş ideologi edi.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova