Komil Allamjonovga suiqasdda ayblangan 10 kişi qamaldi. Özbekistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş reytingidagi örni yomonlaşdi. Til örganiş uçun repetitorga borgan yoşlarning 6 oylik öqiş pulini davlat tölab beradi. Pensiya yoşiga yetganlar avtomatik ravişda pensiya olişni boşlaydi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Yoşlar uçun yangi imkoniyatlar

Çet tilini örganiş uçun repetitorga boradigan yoşlarning yarim yillik öqiş pulini davlat tölab beradi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev juma kuni yoşlar bilan uçraşuvida ma’lum qildi. Prezidentning aytişiça, mehnat bozoriga til biladigan yoşlar kirib kelişini rağbatlantiriş uçun xususiy öquv markazlarida xorijiy tillarni örganadigan yoşlarga öqiş xarajatlari “2+6” şaklida qoplab beriladi. Bunda dastlabki 2 oylik öqiş pulini öquvçining özi tölaşi kerak, qolgan 6 oy uçun tölov davlat hisobidan tölab beriladi.

Yiğilişda çekka hududlarda öquv markazlari yöqligi masalasi ham kötarildi. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, endilikda xorijiy tillardan “S1” darajasiga ega yoşlar taşabbus körsatib, olis va çekka hududlarda çet tillariga ixtisoslaşgan öquv markazlarini oçsa, ularga 120 million sömgaça foizsiz ssuda beriladi. Umuman, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning startaplarini moliyalaştiriş uçun 400 mln dollar ajratilişi ma’lum qilindi.

Bundan taşqari, dunyoning top-100 talikka kirgan oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoşgaça bölgan yoş olimlarga uy-joy uçun 10 yil muddatga 800 million sömgaça foizsiz ssuda ajratiladi. Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yönalişlarida “El-yurt umidi” jamğarmasi kvotalari köpaytiriladi. Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida ğolib va sovrindor bölganlar uçun pul mukofoti miqdori 5 barobarga oşiriladigan böldi. Şu tariqa, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatikadan xalqaro olimpiadada oltin medal olgan öquvçilar salkam 940 mln söm, kumuş olganlar 560 mln söm, bronza sohiblari 375 mln söm bilan taqdirlanadi. Ma’lumot uçun, bu olimpiadalarda ötgan yili özbekistonlik öquvçilar 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza medallarini olişgan.

Allamjonovga suiqasd işida 10 kişi aybdor deb topildi

Özbekiston tarixidagi eng şov-şuvli jinoyatlardan biri böyiça huquqiy jarayonlar yakunlandi. 12 fevral kuni Özbekiston Harbiy sudida Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdga oid jinoyat işi doirasida 10 kişiga nisbatan sud yakunlanib, hukm e’lon qilindi. Sudlanuvçilarning barçasi ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyatning törtta figurantiga ança uzoq muddatlar berildi. Prezident davlat xavfsizlik xizmati Öz xavfsizligi boşqarmasining sobiq boşliği Şuhrat Rasulov suiqasd buyurtmaçisi sifatida, videomurojaat çiqarib aybini böyniga olgan Şohrux Ahmedov va Ismoil Jahongirov suiqasd ijroçilari sifatida 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Buyurtmaçi va ijroçilar örtasida vositaçilik qilgani aytilgan Javlon Yunusov suiqasd taşkilotçisi sifatida 18 yilga qamaldi.

Şuningdek, Toşkent şahar IIBB boşliğining sobiq birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayevga 7 yil berildi. Oliy sud axborotida qolgan beşta sudlanuvçining şaxsi oçiqlanmagan, ular qilmişiga muvofiq turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingani aytilgan. Sud jarayoni yopiq ötgani sabab jinoyatning kengroq tafsilotlari, xususan yuqori martabali siyosatçini öldiriş buyurtmaçiga nega kerak bölgani rasman noma’lumligiça qoldi.

Korrupsion vaziyat yomonlaşmoqda

Dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya darajasiga baho beruvçi eng nufuzli indeksda Özbekistonning reytingi yomonlaşdi. Transparency International xalqaro nodavlat taşkiloti 2024 yil uçun e’lon qilgan hisobotida Özbekistonda korrupsiyaga qarşilik darajasida 100 baldan 32 balga baholagan. Bu – bir yil oldingi körsatkiçdan 1 balga kam.

E’tiborlisi, Özbekistonning bu reytingdagi ballari 10 yildan beri faqat yaxşilanib kelayotgan edi. Yangi metodologiyaga ötilgan 2012 yilda Özbekiston 17 ball bilan eng korrupsiyalaşgan 7 ta mamlakatdan biri deb topilgan bölsa, 2022 yilga kelib eng quyi 50 talikdan çiqib ketişga muvaffaq bölgandi. 2024 yilgi reytingda Özbekiston 180 ta davlat orasida 121-örinda qayd etilgan. Ekvador, Keniya, Şri-Lanka va Togo davlatlari korupsiya darajasi böyiça mamlakatimiz bilan teng ball töplagan.

Ötgan yili Özbekistonda korrupsiya bilan boğliq ahvol yomonlaşganini rasmiylar ham tasdiqlaydi. Boş prokuratura ma’lumotiga köra, 2024 yilda jinoyat sodir etgan amaldorlar soni birdaniga 37 foizga köpayib, salkam 5 mingga yaqinlaşib qolgan. Yil davomida respublika darajasidagi mansabda ötirganlarning 70 dan ortiği jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Biznesdagi kayfiyat avvalgidek emas

Korrupsiyaning avj olişi nafaqat odamlar, balki biznesdagi kayfiyatga ham ta’sir qilyapti. Şu hafta Markaziy bank e’lon qilgan “Biznes kayfiyati şarhi”da aytilişiça, ötgan yilning 4-çoragidagi sörovda iştirok etgan tadbirkorlarning 53 foizi joylarda biznes muhiti yaxşilanganini bildirgan. 3-çorakda bunday deb hisoblovçilar uluşi 57 foiz edi. Hisobotga köra, oxirgi ikki yilda u körsatkiç 52-57 foiz oraliğida saqlanib qolyapti.

Korxonalarning işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasi pasaygani ham e’tiborli. Ötgan yili oxirida örta yoki yuqori işlab çiqariş quvvatlarida işlagan korxonalarning uluşi 50 foizgaça pasaygan. Markaziy bankning qayd etişiça, bu – oxirgi 1,5 yildagi eng past körsatkiç. Töliq quvvatda işlamayotgan korxonalar asosan Namangan, Jizzax va Toşkent viloyatlarida joylaşgan.

Korxonangiz nega töliq quvvatda işlamayapti, degan savolga javoban tadbirkorlarning aytişiça, bunga gaz va elektr ta’minotidagi uzilişlar, avtomobil yonilğisi narxining oşişi va soliq tizimidagi qiyinçiliklarni sabab bölyapti. Keyingi 3 yilda iqtisodiyotdagi vaziyat va biznesdagi muhit yaxşilanadi deb hisoblovçi biznesmenlarning uluşi 62 foizdan 56 foizgaça kamaygan.

Tadbirkorlarni qiynayotgan energetikadagi muammolar sönggi kunlarda ham ayniqsa dolzarb bölib turibdi. Rasmiylarga köra, havo sovigani sabab 9 fevraldan boşlab metan-şoxobçalarga gaz uzatiş vaqtinça qisqartirilgan. Bu orada Buxoro viloyatida magistral gaz quvuri yorilib, yonğin sodir bölgani qöşimça muammolarni keltirib çiqardi. Metan-şoxobçalar eng uzoq vaqt yopiq qolgan hudud vodiy viloyatlari böldi: Farğona, Andijon va Namanganda köplab şoxobçalar qatorasiga bir neça kun oçilgani yöq. 14 fevralga kelibgina “Hududgaz Andijon” filiali viloyatdagi 5 ta metan-şoxobça kuniga 4-6 soat işlaş uçun oçilişini e’lon qildi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Samarqanddan Toşkentga ketayotgan avtobus Jomboy tumanida halokatga uçradi. Cobalt bilan töqnaşgan turistik avtobus ağdarilib ketişi oqibatida bir kişi halok bölib, 22 nafar ayol jarohatlandi. Jarohat olganlarning 2 nafari oğir ahvolda jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Şuningdek, Namangan va Farğona viloyatlarida piyodani urib yuborgan haydovçilarning qoçib ketgani kuzatildi. Namangan şahrida qora Gentra haydovçisi bir kişini, Toşloq tumanida mast holdagi Damas haydovçisi ikki kişini urib ketib, ularning ölimiga sabab bölgan va voqea joyidan qoçib ketgan.

“Özsuvta’minot” kompaniyasi aholidan naqd pulda tölov undirib yurgan firibgarlardan ogohlantirdi. Ötgan yili 1 dekabrdan boşlab suvdan qarzdorlik haqida qoğoz tarqatiş va tölovlarni naqd pulda yiğiş töxtatilgan, tölovlarni faqat elektron şaklda qabul qiliş yölga qöyilgan. Kimda kim özini suv ta’minoti xodimi deb taniştirib, tölovni naqd şaklda amalga oşirişni sörayotgan bölsa, u firibgar böladi. Bu holatda naqd tölangan pullar bazada qayd etilmaydi. Rasmiylar suv uçun naqd tölov qilişni söragan şaxslar haqida 1255 işonç telefoni haqida xabar berişni sörayapti.

Özbekistonda iş beruvçilarga xodimni homiladorligi sababli işdan böşatiş taqiqlandi. Mehnat kodeksiga kiritilgan özgarişga binoan, endilikda xodimni homilador ekani yoki farzandi borligi sababli işdan böşatiş mumkin emas. Eslatib ötamiz, xodimlar bunday vaqtda homiladorlik va tuğiş ta’tilini oliş huquqiga ega. Ular bu ta’tildan oldin yoki keyin yillik mehnat ta’tilini ham qöşib olişlari mumkin. Homilador ayollarning tuğruqqaça bölgan davrda qöşimça böş kunlar oliş huquqi ham belgilab qöyilgan.

Özbekistonda pensiya yoşiga yetgan fuqarolar avtomatik ravişda pensiya olişni boşlaydi. Qonunçilik palatasi birinçi öqişda qabul qilgan qonunga köra, pensiyani haqdorning arizasisiz, proaktiv tarzda tayinlaş tizimiga ötiladi. Bu orqali yiliga örtaça 250 ming vatandoş Pensiya jamğarmasi yoki davlat xizmatlari markaziga borib ötiriş zaruratidan xalos böladi. Eslatib ötamiz, Özbekistonda pensiya yoşi erkaklar uçun 60 yoş, ayollar uçun 55 yoş etib belgilangan.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova