Haydovçilarga qoidabuzarlik uçun jarima balli belgilaş haqidagi qonun kuçga kirdi. Toşkentda önlab daraxtlar kesildi, Farğonada yuzlab, Buxoroda esa minglab daraxtlar köçirib ötkazilmoqda. Koloniyalarda uç kun içida ikkita mahkum vafot etdi. Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişiga uzoği 1 yil qolgani aytilyapti. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Çeksiz qoidabuzarlik “huquqi” bekor qilinmoqda

Haydovçilarga qoidabuzarligi uçun jarima balli hisoblaş közda tutilgan qonun nihoyat, 21 fevraldan e’tiboran kuçga kirdi. Unga köra, 13 turdagi qoidabuzarliklar uçun maksimal 2 ballgaça bölgan jarima ballari hisoblab boriladi. Bir oy içida hukumat qarori qabul qilinib, qaysi qoidabuzarlik uçun qança ball berilişiga aniqlik kiritilişi kerak.

Har bir ballning amal qiliş muddati – 1 yil. Qoidabuzarning “jamğarmasi” 12 ballga yetganda, u haydovçilik guvohnomasidan kamida 6 oyga mahrum etiladi. Belgilangan muddat ötgaç, fuqaro guvohnomasini qaytarib oliş uçun imtihon topşirişiga töğri keladi. Avtomobil boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxs, ma’muriy jazo qöllanganidan keyin yana rulga ötirsa, endi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Qonun bilan, ma’muriy kodeksga “yöl bezoriligi” degan yangi modda kiritilyapti. Yöl bezoriligi deganda, haydovçining boşqa haydovçilar harakatiga qasddan tösqinlik qilişi, avtomobilni sababsiz sirpantirişi (ya’ni drift qilişi), harakatlaniş bölagini sababsiz uç va undan ortiq marta keskin özgartirişi, umuman, yöl harakati iştirokçilarining xavfsiz harakatlanişiga tösqinlik va ularga hurmatsizlik deb baholanadigan har qanday harakatlar tuşuniladi. Buning uçun belgilangan jazo ançagina qat’iy: yölda bezorilik qilgan haydovçilar birinçi martasidayoq kamida 1 yilga haydovçilik guvohnomasidan ayriladi va BHMning 25 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.

Guvohnoma olib qöyiladigan qoidabuzarliklar qatoriga yana bir modda qöşilmoqda. Agar haydovçi içki işlar organi xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talablarini ketma-ket bir neça marta uzrli sabablarsiz bajarmasa, transport vositalarini boşqariş huquqidan 1 yilga mahrum etilib, BHMning 30 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.

Bundan taşqari, qonundan organ xodimlarining tasvirlariga oid öşa maşhur modda ham örin olgan. Demak, rasman kuçga kirgan qonun talabi quyidagiça: huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto yoki videotasvirini ularning obrösizlantirilişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatiş – BHMning 20 baravaridan 50 baravarigaça jarima yoki 10 sutkagaça ma’muriy qamoq bilan jazolanadi. Eslatib ötamiz, huquqni muhofaza qiluvçi organlar qatoriga sud, prokuratura, içki işlar, davlat xavfsizlik xizmati, adliya va bojxona organlari kiradi.