Qozoğiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu lavozimidan ozod etildi. U tegişli farmon bilan Qozoğiston prezidentining xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi masalalari böyiça yordamçisi etib tayinlangan.
Umuman, prezident Qosim-Jömart Töqayev AQŞ safaridan qaytgaç, keng kölamli kadrlar almaşinuvi amalga oşirgan.
Kanat Şarlapayev Qozoğiston prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça yordamçisi lavozimidan, Yerjan Kazixan prezidentning xalqaro masalalar böyiça yordamçisi lavozimidan, Yernar Baspayev prezident maslahatçisi lavozimidan, Zakariya Kunsulu prezidentning fan va innovatsiyalar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan, Zulfiya Suleymenova prezident maslahatçisi – Qozoğiston prezidentining xalqaro ekologik hamkorlik böyiça maxsus vakili lavozimidan, Tamara Duysenova prezident yordamçisi lavozimidan, Yerjan Aşikbayev Qozoğistonning AQŞdagi elçisi lavozimidan, Yerlan Alimbayev Qozoğistonning Jyenevadagi BMT bölinmasi va boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimidan ozod etildi.
Murat Nurtleu örniga Yermek Kuşerbayev mamlakatning yangi taşqi işlar vaziri sifatida iş boşlagan.

Yermek Bedelbayeviç Kuşerbayev muqaddam Qozoğistonning Rossiyadagi elçisi (2020-2023 yillar), Şarqiy Qozoğiston oblasti akimi (2023-2025) bölib işlagan, 2025 yil fevralidan buyon respublika boş vazir örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Murat Nurtleu 2023 yil aprelidan buyon boş vazir örinbosari – taşqi işlar vaziri lavozimida işlayotgandi. U muqaddam Qozoğistonning Finlandiya va Estoniyadagi elçisi, 2019 yildan prezident Töqayevning yordamçisi, prezident administratsiyasi rahbari örinbosari, prezident administratsiyasi rahbari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.
2025 yil 4 sentabr kuni Murat Nurtleu Xitoyda bölib ötgan ŞHT sammitidan qaytganidan keyin hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, hukumat ta’siridagi Orda.kz naşri Nurtleu öz uyida qölga olingani, uning uyida tintuv ötkazilganini yozgandi.
Qozoğiston taşqi işlar vazirligi bu ma’lumotni rad etib çiqqandi. Ammo vazirlik Nurtleuning işçi uçraşuvi haqida xabarida uning eski suratidan

















