Markaziy Osiyo prezidentlari ilk marta Oq uyda töplandi: Trampni mintaqamizga qiziqtirayotgan asosiy narsa nima? Ijtimoiy suğurta böyiça yangi tizim: işçi-xodimlar uçun bu nima beradi? Farmatsevtika rahbaridan katta va’da: dori-darmonlar 2 oy içida 2 barobarga arzonlaşişi aytilyapti. Göşt narxini jilovlaş çoralari: aholiga uydagi molini ötlatişi uçun yaylovlar qilib beriladi.

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Özgaça S5+1 sammiti: bunaqasi avval bölmagan

Markaziy Osiyo prezidentlari 6 noyabr kuni tarixda ilk marta Oq uyda jam bölişdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp MO–AQŞ davlat rahbarlarining ikkinçi sammitiga mezbonlik qildi. Davlat rahbarlari avvaliga Oval kabinetda ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi, şundan keyin keçki taomga bir stol atrofiga töplandi.

Yodingizda bölsa, bunday formatdagi birinçi sammit ikki yil oldin Nyu Yorkda, BMT sessiyasi kunlari bölib ötgandi. Öşandan beri, örtadagi muloqot mazmuni ança özgargan: Tramp boşqaruvidagi AQŞ inson huquqlari va demokratiya haqida gapirmay qöygan, Amerikaning taşqi dunyodagi köplab siyosiy-gumanitar dasturlari yopilgan, pragmatik iqtisodiy manfaatlar va tabiiy resurslar masalasi kun tartibidagi boş mavzuga aylangan.

Oq uydagi keçki yiğinning dastlabki 40 daqiqasi jurnalistlar iştirokida keçdi. Unda mezbon Tramp mintaqamizning ahamiyatini yuqori baholab, u yerdan kelgan liderlar “katta hurmatga sazovor” odamlar ekani, ular bilan “öyin qilib bölmasligi”ni aytdi.

“Afsuski, AQŞning avvalgi prezidentlari bu mintaqani mutlaqo e’tiborga olişmagan. Vaholanki, Markaziy Osiyo – nafaqat strategik muhim, balki judayam boy hudud. Biz bu xatoni töğrilaymiz. Men Amerikaning bu mamlakatlar bilan hamkorligini har doimgidan-da mustahkam qilmoqçiman”, – dedi Oq uy rahbari.

Tramp Markaziy Osiyoni “juda boy” deb ta’riflaganda, mintaqaning yerosti boyliklarini nazarda tutyapti. Xabaringiz bor, hozir Xitoyga qarşi savdo uruşi olib borayotgan AQŞning eng zaif tomonlaridan biri – noyob metallar bilan boğliq. Bugun dunyo bozoriga qayta işlangan nodir ma’danlarning salkam 90 foizini Xitoy yetkazib beradi. Bu monopol mavqe savdo uruşi vaqtida Pekinning asosiy quroliga aylangan: nodir ma’danlar eksportini çeklaş haqidagi tahdidlar Ğarbning köplab sanoat tarmoqlari, hatto qurol-yaroğ işlab çiqaradigan kompaniyalarni ham xavotirga tuşirib qöygan. Vaşington bu borada Pekinga qaramlikdan qutuliş uçun köz tikayotgan mintaqalardan biri esa – Markaziy Osiyo.