U öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş, şuningdek, giyovandlik vositalari tayyorlaş va saqlaşda gumonlanmoqda.
Ijtimoy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov qamoqqa olindi.
Oliy sud matbuot xizmatiga köra, jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 28 noyabrdagi ajrimi bilan Sanjar Karimovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. U öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş hamda giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkazişga suiqasd qilişda gumonlanmoqda.
«Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Toşkent şahar prokurori birinçi örinbosarining Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 2-qismi nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvçi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida uşlangan S. K. (erkak, 1990 Namangan viloyatida tuğilgan, "Finans invest" KSB ta’sisçisi, ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi ostida tanilgan)ga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan körib çiqildi.
Sudning 2025 yil 28 noyabrdagi ajrimi bilan Toşkent şahar prokurori birinçi örinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvçi S. K.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, qamoqqa olinişi va tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilandi», deyiladi xabarda.
Qoçoq “kuyov” va aldangan “kelin” işi
Toşkentda yaşovçi Jamila Olimboyeva yigiti Şahzod Rismatovni firibgarlikda ayblagandi. U Rismatov aldov yöli bilan uyini Sanjar Karimovga rasmiylaştirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olganini ma’lum qilgan.
Olimboyevaning uşbu da’vosidan söng Sanjar Karimov uyni egalaridan 240 ming dollar naqd tölov evaziga sotib olganini aytib çiqdi.
“Bu mojaroga aloqam yöq. Uyni öz pulimga sotib oldim. Agar ularning biznesi muvaffaqiyatsizlikka uçragan bölsa, buning menga nima aloqasi bor? Men 240 ming dollar tölaganman. Men uyni ularga yordam beriş istagida sotib oldim”,
















