Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimovga oid jinoyat işini birinçi instansiya sudida körib çiqiş boşlandi.
Sanjar Karimov va uning advokatlari sud majlislarini yopiq tarzda ötkaziş böyiça iltimosnoma kiritdi. Sudlov hay’ati buni rad qildi: iş oçiq sud majlisida körib çiqilişi bildirildi. OAV vakillariga sud majlisini videotasvirga oliş rad etildi, şu bilan birga, suratga oliş hamda audio şaklda yozib olişga ruxsat berildi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, dastlabki sud majlisida tomonlarga öz huquq va majburiyatlari tuşuntirilgan. Şuningdek, e’lon qilingan ayblov böyiça fikrlar tinglangan.
Xususan, Sanjar Karimovdan e’lon qilingan ayblovlarga iqror yoki iqror emasligi haqida söralgan.
«Menga qöyilgan ayblovlarning birortasiga iqror emasman», – degan ayblanuvçi.
Şundan söng jabrlanuvçilardan biri Feruza Rahmatullayeva tinglandi.
Unga köra, Sanjar Karimov qönğiroq qilib, öğli Şahzod Rismatov Olimboyevaning uyini garovga qöygan holda undan pul olganini, öşa pulni qaytarib berişni aytgan va buning uçun bir hafta muhlat bergan. Şundan söng jabrlanuvçi mulklarini sotişga kirişgan. Bu paytda Şahzod Rismatov Dubayda bölgan.
“Öğlimning ikkita maşinasi va hamda pasportini Sanjar Karimov olib qöygan ekan. Olimboyevalarning uyini ham garovga olgan ekan. Bulardan meni xabarim yöq edi.
Bir haftada Sanjar Karimovga pul berolmadim. Keyin judayam siqildim, har xil joylarga murojaat qildim. Öşa bir haftada uyimga har xil odamlar keldi, bosimlar qilişni boşlaşdi, qörqitişdi.
…Keyin Sanjar Karimov telefon qilib, bolangning tobutini kötarasan, şarmanda qilaman öğlingni, kino çiqaraman, deya yomon sözlar bilan haqorat qildi.
Öşa işda jabrlanuvçilarning hammasi Sanjar Karimovning iltimosi bilan mening öğlimning ustidan yozişdi. Lekin öşa pullarni mening öğlim olmagan. Tergovda öğlim töğri körsatma bergan: Sanjar Karimovga ofisda pul berganini aytgan.
Tergovda meni çalğitişdi. 8 soat tergovda olib ötirişdi. Telefonimni olib qöyişdi. “Öğling mana şunaqa körsatma bermasa bölmaydi. Sanjar Karimov ularning uylarini berib yuboradi. Öğling faqat şunaqa körsatma berişi kerak. Pulni bular notariusda olgan, deb aytişing kerak”, deyişdi.
















