Ijtimoiy tarmoqda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov atrofidagi mojaro yangi bosqiçga kötarildi. Haşamatli hayotini köz-köz qilib, özini juda boy inson sifatida körsatuvçi Karimovga nisbatan jiddiy ayblovlar qöyilib, qamoqqa olindi. Ayrimlar hibsni “toşkentlik bir qizning oilasidan uyi olib qöyilişi voqeasi” bilan boğlaşyapti. Xöş, Real Sanjik kim va nima iş bilan şuğullangan?
Real Sanjik kim?
Xalq orasida Real Sanjik nomi bilan tanilgan tadbirkorning asl ismi – Sanjar Karimov. U 1990 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. Intervyularidan birida yoşligida professional karate bilan şuğullangani, hatto Özbekiston ösmirlar terma jamoasi tarkibiga ham jalb qilingani haqida aytib ötgan. Talabalik yillarida bir muddat AQŞda yaşagan.
Uning omma e’tiboriga tuşişi bölajak turmuş örtoğiga “Bunyodkor” stadionida baxosi taxminan 300 ming dollar turadigan Bentley Continental avtomobilini sovğa qilişidan boşlanadi. Öşa voqeadan söng uning şaxsi bilan qiziquvçilar köpayadi.
Karimov, şuningdek, bir muddat Bektemir tumani deputati ham bölgan.
4 mln dollarlik villa va 35 ta maşinali “garaj”
2024 yilda bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida Real Sanjik 4 million dollarlik villa va 35 ta maşinadan iborat avtoparki borligini aytgan.
Şov-şuvli suhbat davomida 35 yoşli Karimov asosan avtomobillari, qimmatbaho saotlar, köçmas mulk ta’miri, haşamatli hayot tarzi va şunga öxşaş narsalar haqida gapirgan.
Jahongir Latipov uni “Özbekistonning eng boy fermeri” deya ta’riflagan.
Körsatuvda boylik va xaşamatga yöğrilgan hayot tarzini köz-köz qilarkan, hikoyamiz qahramoni aynan nima iş qilişi va asosiy daromadi qayerdan kelişi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Sanjar Karimov qanday boyigan?
Oçiq manbalarga köra, Karimov Sanjar Baxrom öğli Özbekistonda taşkil etilgan bir qança korxona va taşkilotlarning ta’sisçisi va rahbari hisoblanadi.






















