Avstraliyada 16 yoşga tölmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişiga taqiq kuçga kirgaç Elektron xavfsizlik böyiça komissar (eSafety) platformalarga neçta akkaunt olib taşlangani haqida savollar yubordi. Töplangan ma’lumotlarga köra, taqiqning ilk kunlaridayoq 4,7 milliondan ortiq akkaunt öçirib qöyilgan, olib taşlangan yoki çeklangan.

Bu 10 platforma qatoriga — YouTube, Facebook, Instagram, Snap, X, TikTok, Threads, Twitch, Kick, va Reddit kiradi.

Avstraliya hukumati tijoriy maxfiylikni rökaç qilib, har bir platforma böyiça alohida raqamlarni oçiqlaşdan boş tortdi. Biroq Meta duşanba kuni Facebook, Instagram va Threads böylab qariyb 550 ming akkauntni öçirib qöyganini aytgandi.

Avstraliya boş vaziri Entoni Albanezening aytişiça, eSafety tomonidan ötkazilgan dastlabki tahlillar platformalar foydalanuvçilarning akkauntga ega bölişiga yöl qöymayotganini körsatmoqda.

«Bu ijtimoiy tarmoq kompaniyalari qonunlarga rioya qiliş va bolalarni öz platformalaridan çetlatiş uçun mazmunli sa’y-harakat qilayotganini körsatadi. Özgariş bir kunda bölib qolmaydi. Ammo, dastlabki belgilar – aynan şu özgarişni amalga oşiriş uçun harakat qilganimiz naqadar muhim bölganini körsatmoqda», - deya Albanezening sözlarini keltirmoqda The Guardian naşri.

«Bu dunyoda yetakçi qonunçilik edi va endi u butun dunyo böylab kuzatilmoqda», deya qöşimça qildi u.

«Taqiq emas, keçiktiriş»

Ijtimoiy tarmoqlarda yoş böyiça çeklovlar yoş avstraliyaliklarni bosim va xatarlardan himoya qilişni maqsad qiladi. Rasmiylarga köra, bu çoralar taqiq emas, akkaunt oçişni keçiktirişdir.