Or-nomus masalasi

Imperialistik illyuziya oğuşidagi Rossiya Ukrainaga bosqin boşlaganidan beri 3 ta ittifoqçisidan ayrildi: Armaniston KXŞTdan de-fakto çiqib ketdi, Suriya va Venesuelada esa rejimlar ağdarildi. Hozir Eronda ham notinçlik hukm surayotgani, Donald Tramp endi Kubani böysundiriş uçun qisman blokada boşlaganini inobatga olsak, Kreml ittifoqçilaridan birin-ketin ayrilişda davom etişi ehtimoldan xoli emas.

Propagandaçi Vladimir Solovyovning yakşanba kungi çinqiriği ayni şu kontekst bilan boğliq. Uning gaplaridan geosiyosiy mağlubiyat alamiga çidolmayotgan ğarib-u notavon zöravonning: “Uzoq yurtlarda yöqotadiganimizni yöqotib böldik, endi heç bölmasa qöşnilarimizga xöjayinlik qilişni eplaşimiz kerak” degan ojizona nolişini uqiş mumkin:

“Biz uçun eng asosiysi – özimizga yaqin xorij mamlakatlari. Armanistondagi voqealar biz uçun Venesueladagi voqealardan köra ança oğriqli. Armanistondan ayriliş – biz uçun ulkan muammo. Bizning Osiyo, Örta Osiyo, ular Markaziy Osiyo deb ataydigan mintaqadagi muammolar – Rossiya uçun ulkan muammo bölişi mumkin. [...] Agar milliy xavfsizligimiz uçun Ukraina hududida MHA boşlaşimiz kerak bölgan bölsa, nega aynan şu mantiqdan kelib çiqib, ta’sir doiramizning boşqa nuqtalarida ham MHA boşlay olmas ekanmiz?”

Bunga javoban Armaniston rus elçisini çaqirib, norozilik notasini tutqazgan bölsa, Markaziy Osiyodagi siyosatçilardan jiddiy harakat bölmadi. Jamoatçilikning keskin reaksiyasiga doimgidek sanoqli deputatlar qöşildi xolos. Xususan, deputat Bobur Bekmurodov “sarhadlar – or-nomus masalasi” ekanini aytib, Solovyovning familiyasi rus tilidagi “solovey” – bulbul sözidan olinganini söz öyiniga aylantirdi:

“Solovyovning gaplariga tupurdim. Uning imperiyaçilik ambitsiyalariga tupurdim. Biz unga mana bu özbekça iboraning ma’nosini örganişni tavsiya qilamiz: özingni bulbuling bilan öyna”.

Yana bir deputat Alişer Qodirov rossiyalik propagandaçining “ismini aytişga xazar qilişi”ni ta’kidlab, uning “bepuşt çiqişi” “çorasizlik va majruhlikdan” dalolat berişini