Elektron hukumat kiberhujumga uçradi. YHX xodimlari endi ayrim haydovçilarni jarimasiz qöyib yuboradi. “Layk” yiğiş uçun qoida buzganlarga alohida jazo kiritilyapti. Ta’lim sohasida, davlat boğçalarining elit toifasi taşkil etiladi. Senator şimoldagi “akillaşlar”ni javobsiz qoldirmaslikka çaqirdi, Pokiston bilan esa harbiy hamkorlik kuçaymoqda. Haftaning asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida.

OneID kiberhujumga uçradi

Hukumatning elektron tizimlariga uyuştirilgan kiberhujum – haftaning eng şov-şuvli voqeasi böldi. Kiberhujum natijasida özbekistonliklarning şaxsiga oid ma’lumotlar darknetda tarqab ketgan. Gap 15 million kişi haqida ketayotgan bölişi mumkin, lekin bu – tasdiqlanmagan raqam. Kiberxavfsizlik markazi seşanba kungi bayonotida holat böyiça örganişlar ketayotganini ma’lum qildi.

Hakerlarning iddao qilişiça, ular elektron hukumat bazasini buzib kiriş orqali, jismoniy şaxslarning şaxsiy identifikatsiya raqamlari va töliq ism-şariflari, OneID tizimidagi login-parollari, sessiya identifikatori, autentifikatsiya turi kabilarni köçirib olgan. Ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasining elektron bazasi orqali davlat dasturi doirasida ipoteka olgan şaxslar, boşqa bir bazadan esa içki işlar xodimlarining pasport ma’lumoti, surati, manzili va telefon raqami, böyi va vazni haqidagi axborotlar öğirlangani da’vo qilinyapti.

Kiberxavfsizlik markazi ötkazilayotgan tekşiruvning heç bölmasa birlamçi, oraliq natijalari haqida hafta oxirigaça axborot bergani yöq. Lekin ayrim idoralar bayonotlar bilan çiqib, özlariga tegişli tizimlar yuzasidan jamoatçilikdagi xavotirlarni aritişga urindi. Xususan, IIVning ma’lum qilişiça, vazirlik tasarrufidagi axborot tizimlariga noqonuniy kiriş holati röy bermagan. Markaziy bankka köra, tijorat banklari, tölov taşkilotlari va tölov tizimi operatorlari kiberhujumga uçramagan. Statistika qömitasi esa aholini röyxatga olişning onlayn bosqiçida töplangan ma’lumotlar daxlsizligiga şubha yöqligini bildirdi. Soliq qömitasi ham kiberxavfsizlik borasida muammo yöqligini ta’kidlab bayonot berdi.

Soha mutaxassislariga köra, hakerlarning iddaolari börttirilgan bölişi mumkin; öğirlangan axborotlar esa aktual emas, eski bazalar bölib çiqişi ehtimoldan xoli emas. Şu bilan birga, ekspertlar bir ovozdan özbekistonliklarni OneID tizimidagi login-parollarini özgartirişga çaqiryapti. Bu login-parollar turli belgilar qorişmasidan iborat, murakkab şaklda bölişi maqsadga muvofiq.

Yonğin xavfsizligi – inson hayoti masalasi

Toşkentdagi Aviator majmuasida röy bergan yonğindan keyin, butun Özbekiston böylab savdo va köngiloçar majmualar, kafe-restoranlar va xizmat körsatiş obektlarida tekşiruvlar boşlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi duşanba kuni tadbirkorlarga murojaat bilan çiqib, yonğin xavfsizligi sohasidagi talablarga befarq bölmaslikka çaqirdi. Vazirlikka köra, jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan obektlar faoliyati töxtatilib, toki kamçiliklar bartaraf etilmagunça faoliyat yuritişga ruxsat berilmaydi.

Ana şunday jiddiy kamçiliklar Termizdagi Indenim savdo majmuasida aniqlangan. Vazir Azizbek Ikromovning şaxsan özi tekşirgan majmuada favqulodda vaziyatlar uçun möljallangan zaxira eşigi tösib qöyilgani, bino içidagi yonğin öçiriş kranlarida suv yöqligi, şlanglar esa çirib ketgani, bolalar öyingohida xuddi Aviator'dagi kabi yonğindan xabar beruvçi signalizatsiyalar işlamasligi va boşqa kamçiliklar aniqlangan.

Boş prokuratura xabariga köra, Aviator majmuasidagi fojia yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov boşlangan. Ötgan hafta oxirida jamoatçilikni larzaga solgan fojia bolalar maydonçasida öynayotgan 2 yoş-u 7 oylik qizaloqni hayotdan olib ketgan edi. Yonğin binoning 2-qavatida boşlangan: u yerda fudkort va Pixel nomli bolalar öyingohi joylaşgan, öyingoh bolalar bilan töla bölgan. Binoni tutun qoplay boşlaşi bilan, ota-onalar farzandlarini qutqarişga şoşilgan, şu asnoda tiqilinç va tartibsizlik yuzaga kelgan.

FVV xodimlari, IIVdan ham yordam çaqirgan holda, 2-qavatda bölgan 120 dan ortiq odamni evakuatsiya qilişga erişgan; qator xodimlar öz hayotini xavf ostiga qöyib xizmat burçini bajargan. Afsuski, yonğin öçirib bölinganidan keyin, içkarida 2023 yilda tuğilgan bir bolakayning jasadi topilgan.

Rasmiylarga köra, binoda yonğinga qarşi xavfsizlikning barça tizimlari örnatilgan bölgan. Lekin, guvohlarning aytişiça, 2-qavatda yonğin signalizatsiyasi va purgakiçlar işlamay qolgan, zinapoyali favqulodda çiqiş joyi esa yopiq bölgan. Ma’lumot uçun, yonğin xavfsizligi qoidalariga köra, evakuatsiya yöllaridagi eşiklarni qulflab qöyiş taqiqlangan. Fuqarolar yonğin vaqtida asosiy eşikka emas, körsatkiçli yaşil belgilarga ergaşgan holda aynan evakuatsion çiqiş zinalariga qarab harakatlanişi lozim.

Haydovçilarga taalluqli yangi qonun kuçga kirdi

Yöl harakati xavfsizligi xodimlari kiçik qoidabuzarliklar uçun haydovçilarni jarimaga tortmasdan, ogohlantiriş beriş huquqini oldi. Tegişli qonun 4 fevral kuni imzolanib, 5 fevraldan kuçga kirdi. Unga köra, agar haydovçi, piyoda yoki yölovçi öz qilmişidan çin köngildan puşaymon bölsa, YHX xodimi unga tanbeh bergan holda, jarima yozmasdan qöyib yuborişi mumkin. Bunday “yengillik”dan bir kişi bir yilda faqat bir marta foydalana oladi.

Ma’muriy ogohlantiriş qöllanişi mumkin bölgan qoidabuzarliklar röyxatiga kamar yoki şlem taqmaslik, texpasport, texnik körik yoki majburiy suğurta muddatini ötkazib yuboriş, ulovda tibbiyot qutiçasining bölmasligi, rulda telefon va displeydan foydalaniş kabilar kiritilgan. Bu röyxatga piyodalar tomonidan sodir etiladigan aksariyat huquqbuzarliklar ham kiritilgan.

Qonun bilan, foto va video qayd etiş vositalari orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar röyxati ham tasdiqlandi. Unga köra, nafaqat tezlikni oşiriş, stop-çiziqni bosiş, kamar taqmaslik yoki avtoraqam bilan boğliq qoidabuzarliklar, balki rulda telefondan foydalaniş, trotuardan va avtobus uçun möljallangan bölakdan yuriş, töxtaş, töxtab turiş va quvib ötiş qoidalarini buziş ham radarlar orqali aniqlanişi mumkin.

Bundan taşqari, avariya holatini keltirib çiqariş, guruh bölib harakatlaniş, yöl bezoriligi, guvohnomasi yöq şaxsning maşina boşqarişi va temiryöl kesişmasidan harakatlanişga doir huquqbuzarliklar uçun ham foto-video qayd etiş vositalari orqali jarima qöllanişi mumkin.

Endi asosiy masala – qonun ruxsat bergan bu vakolatlarni amalda işlatişda bölib qolyapti. Masalan, guvohnomasi olib qöyilgan şaxs radarning tagidan ötişi bilanoq unga çora körilişi maqsadga muvofiq. Ma’lumot uçun, guvohnomasi olib qöyilgan haydovçilar Özbekiston böylab har yili 200 dan ortiq odamning ölimiga va 500 dan ortiq odamning jarohatlanişiga sabab böladi.

Huquqbuzarlikni tarğib qiliş – jazolanadi

Qoidabuzarligidan uyaliş örniga, maqtanadigan toifa uçun ham alohida jazo kiritilişi kutilyapti. Seşanba kuni Qonunçilik palatasida birinçi öqişda qabul qilingan qonun bilan, qoidabuzarlikni tarğib qilganlik uçun javobgarlik belgilanyapti. Bunda, sodir etilgan huquqbuzarlik foto yoki videosini öşa huquqbuzarning özi internetda tarqatsa, bu “huquqbuzarlik tarğiboti” deb topiladi va javobgarlikka sabab böladi.

Bu yerda gap faqat şahar markazida katta tezlikda yurganini körsatib maqtanadigan potensial qotillar haqida ketmayapti. Qonun TikTok yoki Instagram'da yulduz böliş, “layk” yiğiş uçun har qanaqa qonunbuzarlikdan ham tap tortmayotganlarni tiyişga qaratilgan. Deputatlarning aytişiça, yangi qonun ayniqsa yoşlar orasida huquqbuzarliklarni ommalaştiriş va ularga taqlid qiliş holatlarining oldini olişga xizmat qiladi.

Birinçi öqişdan ötgan qonundagi yana bir norma ham ijtimoiy tarmoqlarga oid. Unga köra, ommaviy tarmoqda uyatli sözlar bilan sökiniş, haqoratomuz şilqimlik qiliş va jamoat tartibini buzuvçi boşqa harakatlar uçun ma’muriy javobgarlik kiritiladi.

“Böyinga böyinturuq osiş xavfi”

Rossiya propagandaçilarining Markaziy Osiyo suverenitetiga nisbatan haqoratlariga bu hafta Senatdan munosabat yangradi. Özbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Köçimov imperiyaparastlarni “akillagan layçalar” deb atab, ularning “kovuşini töğrilab qöyiş”ga çaqirdi.

“Muvozanat buzilib, yana imperiyaparastlik, böyinga böyintiriq osiş xavfi paydo bölsa-çi? Köçada hassa suyangan har bir ötkinçi „men sening boş toğingman, oğangman“ deb tursa-çi? Bu imperiyani qömsaş emasmi, aziz döstlar?

[...] Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuçga, akillagan har qanday layçaga yoki har qanday qaşqirga qarşi öz joyida javob berişimiz, kovuşini töğrilab qöyişimiz, popugini pasaytirib qöyişimiz, aqlini kiritib qöyişimiz şart va kerak”, – dedi Köçimov.

Yil boşidan beri şimoldagilarning akillaşi zöraygan bir fonda, Özbekiston özining harbiy sohadagi taşqi hamkorlik aloqalarini diversifikatsiya qilişda davom etyapti. Ma’lum bölişiça, Özbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasiga C-390 Millennium rusumli transport samolyotlarini yetkazib beriş böyiça buyurtma bergan. Kompaniya rahbariga köra, Özbekiston bu samolyotni ekspluatatsiya qiladigan Markaziy Osiyodagi birinçi davlatga aylanadi. Ma’lumot uçun, XXI asrda loyihalaştirilgan C-390 Millennium – öz sinfidagi eng zamonaviy harbiy transport samolyoti hisoblanadi.

Qolaversa, ötgan hafta Turkiyada bölib qaytgan prezident Şavkat Mirziyoyev bu hafta davlat taşrifi bilan Pokistonga bordi va siyosiy yetakçilardan taşqari, harbiylar bilan ham uçraşdi. Ta’kidlaş kerak, Pokistonda harbiy elita an’anaviy ravişda siyosiy elitadan ustunroq mavqega ega, şu sabab panjoblik generallar bilan muzokaralar – ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikning barqarorligini ta’minlaşda katta ahamiyatga ega.

Özbekiston tomonining rasmiy relizida aytilişiça, Şavkat Mirziyoyev va Pokiston Mudofaa kuçlari boş qömondoni Asim Munir örtasidagi uçraşuvda “bugungi kundagi tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga alohida e’tibor qaratilgan”. Pokiston tomoni Özbekiston yetakçisini öz harbiy sanoatidagi yutuqlar, zamonaviy texnika va qurol-yaroğlar bilan taniştirgan; tomonlar harbiy va harbiy-texnika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib olgan.

Davlat taşrifi doirasida Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif qöşma deklaratsiyani qabul qildi, ularning huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Imtiyozli savdo rejimini kengaytiriş, port xizmatlariga çegirmalar va Boburiylar merosini asraş va keng tarğib qiliş töğrisidagi bitimlar – şular jumlasidan. Ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasida esa “yöl xaritasi” qabul qilindi. Boşqa bir bitimga asosan, Özbekiston musulmon dunyosidagi yagona yadroviy qudrat bilan radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida hamkorlik qiladigan böldi.

Islomobodda ikki davlatning yaqinligini urğulaydigan boşqa tadbirlar ham bölib ötdi. Şavkat Mirziyoyevga “Nişoni Pokiston” oliy mukofoti bilan taqdirlandi; Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlari topşirildi. Islomobod köçalaridan biriga Toşkent nomi berildi, şaharda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi boğ qad rostlaydigan böldi. Şuningdek, Özbekiston va Pokistonning 300 dan ortiq kompaniyalari qatnaşgan qöşma biznes forumda özaro savdoni 2 mlrd dollarga yetkaziş maqsadi belgilandi.

Darvoqe, mezbon mamlakatning F-16 qiruvçilari Özbekistonning birinçi bortiga havoda hamrohlik qilgani ham e’tiborga molik.

Samarqanddagi ta’lim peşvolari – şov-şuv markazida

Samarqandda ta’lim sohasi amaldorlari bilan boğliq mojaro yuzaga keldi. Ma’lum bölişiça, har yili Sankt-Peterburg şahrida ötkaziladigan “Alvon yelkanlar” bayramiga ötgan yili Samarqanddagi maktab öquvçilari ham taklif etilgan. Qoidaga köra, bayramga a’loçi, olimpiadalarda örin olib yurgan bolalar borişi kerak bölgan, lekin a’loçilar qolib ketib, sayohat asosan amaldorlarning bolalariga nasib qilgan. Peterburgga borganlar orasida Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Muzaffar Hamdamovning öğli va jiyani, boşqarmaning ayrim bölimlari rahbarlari va mas’ul xodimlarining farzandlari borligi aytilyapti.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi holatni örganayotganini ma’lum qildi. Köp ötmay Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi qonunbuzarlik bölganini tasdiqlab, vazirlikdan aybdorlarga çora körişni talab qildi. “Ularning borib kelişi uçun mahalliy budjetdan 95 million söm ajratilgan ekan. Uç bolaning ota-onasidan 28 million söm mahalliy budjetga qaytarildi”, dedi agentlik direktori Akmal Burxonov.

Ta’lim sohasiga oid boşqa xabarlar çorşanba kuni prezident huzuridagi yiğilişda yangradi: maktabgaça va maktab ta’limi vaziri va boşqa mas’ullar davlat rahbariga öz rejalarini taqdimot qildi. Asosiy yangiliklardan biri – “Yangi avlod” nomli alohida toifa davlat boğçalari taşkil etilişi bilan boğliq. Vazir E’zozxon Karimovaga köra, “Yangi avlod” boğçalari – xuddi Prezident maktablari kabi – butun tizimni ortidan ergaştiradigan ilğor namuna böladi. Elit toifadagi bu boğçalar tarmoğini şakllantiriş bu yil Toşkent va Qoraqalpoğistonda boşlanib, 2028 yilgaça barça hududlarni qamrab olişi közda tutilgan. Bu boğçalar 120 nafar bolaga möljallangan böladi, ulardagi tarbiyaçilarga alohida ustama tölanadi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Dastur boşlovçisi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova