Ijtimoiy tarmoq va bolalar. Kimga foyda, kimga zarar?
|15:40 / 12.04.20266 69925 min
Bugun ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda bolalar va ösmirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, hatto qotillikkaça borişayotgani haqidagi xabarlar bot-bot közga taşlanmoqda. Deyarli kunda-kunora qaysidir maktabda öquvçi öqituvçisi bilan muştlaşgani, ösmirlar bir-biri bilan piçoqlaşgani, öquvçini tengdoşlari guruh bölib döpposlaşgani tasvirlangan videolar tarqaladi. Yoşlarning, voyaga yetmagan bolalarning ruhiyatida salbiy özgarişlar yuz berişiga, şafqatsiz, bemehr bölib ketişlariga nima sabab bölmoqda?
Foto: AP Foto: AP
TARMOQDAGI TUZOQ
Qurol kötargan bolalar
2025 yil dekabrida Moskva oblasti Odinsovo rayonidagi Gorki-2 posyolkasidagi maktabda röy bergan fojia barçani dahşatga soldi. Şu maktabning 9-sinf öquvçisi bölgan 15 yoşli Timofey maktabga piçoq kötarib kelib, qöriqçi va öquvçilarga hujum qilişi oqibatida 4-sinf öquvçisi Qobiljon Aliyev halok böldi.
Timofeyning egnida ommaviy qotilliklarga işora qiluvçi sözlar yozilgan ekipirovka bölgan. Xususan, nimçasida «No lives matter» yozuvi tuşirilgandi. Bu ommaviy qotilliklar ijroçilari hamda öta öngçi guruhlarga taqlid qilişga asoslangan submadaniyat belgisidir. Boşqa yozuvlar esa Anders Breyvik tomonidan sodir etilgan terakt, şuningdek AQŞ va Yangi Zelandiyadagi maktablar va ibodatxonalarga qilingan hujumlarga işora qilardi. Bundan taşqari, hujumdan oldin Timofey sinfdoşlariga özining «manifesti»ni yuborgan, unda musulmonlar, yahudiylar, liberallar va söllarga qarşi fikr bildirib, barça muammolarda ularni ayblagan.
Bu 2025 yilning özida maktab öquvçisi tomonidan ksenofobik sabablarga köra sodir etilgan va jamoatçilikka ma’lum bölgan ikkinçi qotillikdir. Birinçisi bahorda, Moskva yaqinidagi Nekrasovskiy qişloğida sodir etilgandi. Öşanda 14 yoşli ösmir qirğizistonlik töqqiz yoşli bolani öldirgan, tergov buni millatga nafrat asosidagi jinoyat deb topgandi. Ma’lumotlarga köra, 2023 yildan beri mamlakatda nafratga asoslangan jinoyatlar soni keskin oşgani, jinoyatçilar esa yoşarib borayotganini aytgan.
2026 yilning dastlabki uç oyi davomida maktab öquvçilari tomonidan jinoyat sodir etilgani töğrisidagi ayrim xabarlarga e’tibor qarataylik.
Rossiya. Permdagi maktabda öquvçi öqituvçini piçoqladi. Öqituvçi ayol şifoxonada vafot etdi.
Rossiya. Sverdlovskda 13 yoşli bola pnevmatik töpponça bilan sinfdoş qizning boşiga öq uzdi. Söngra uni qurolsizlantirişga harakat qilgan öqituvçi va maktab hisobçisini yaraladi.
Rossiya. Çelyabinskdagi maktabda öquvçi arbaletdan öqituvçisiga öq uzdi, öq öquvçilardan biriga tegdi. U şuningdek, sinfdoşlariga közdan yoş oqizuvçi gaz ballon bilan zarar yetkazdi va özini sinf derazasidan pastga taşladi.
Mavzuga oid
Rossiya. Ufada travmatik töpponça bilan qurollangan töqqizinçi sinf öquvçisi öqituvçisiga hujum qildi.
Rossiya. Komida otasiga tegişli qurol bilan öqituvçilari va sinfdoşlarini otib taşlaşni rejalaştirgan 15 yoşli öquvçi qölga olindi.
AQŞ. Texas ştatining Bulverde şahrida 15 yoşli ösmir öqituvçisiga öq uzib uni yaraladi, söng öz joniga qasd qildi.
AQŞ. Merilend ştatidagi maktablardan birida öquvçi qurol bilan boşqa öquvçiga jarohat yetkazdi.
Argentina. Maktabdagi tadbir vaqtida 15 yoşli ösmir quroldan öq uzişi oqibatida bir nafar öquvçi halok böldi, ikki nafar ösmir jarohatlanib şifoxonaga yotqizildi.
Tailand. Bitiruvçi sinf öquvçisi otişma sodir etib, maktab direktorini yaraladi.
Fransiya. 14 yoşli öquvçi piçoq bilan maktab xodimiga hujum qildi. Jabrlanuvçi halok böldi.
Bulardan taşqari, maktablarda yuz bergan yana köplab zöravonlik, samosud, jinsiy tajovuz kabi holatlar kişini dahşatga soladi.
Kriminologiya tadqiqot instituti ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Özbekistonda qotillik jinoyatlarining 15 tasi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan. Ötgan yilda respublikada voyaga yetmaganlar 3 266 ta jinoyatga qöl urgan. Bu jami jinoyatlarning 2,1 foizini taşkil etgan. Şundan 2 554 tasi oldini oliş mumkin bölgan, 321 tasi aniqlangan, 391 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar.
Oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlarning har ikkinçisi (1 313 ta) öğrilik ekani aniqlangan. Şuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan 84 ta firibgarlik, 193 ta bezorilik, 68 ta oğir tan jarohati yetkaziş, 68 ta transport vositasini olib qoçiş, 36 ta nomusga tegiş, 17 ta bosqinçilik hamda 15 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.
Sabablar
Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etişiga nimalar sabab bölmoqda?
Tahlillarga köra, qotillik jinoyatlari uçun hukm qilinganlar köp hollarda nosoğlom muhitda tarbiya topgan bölib çiqadi. Ularning 20 foizga yaqini ota-onasiz, uçdan bir qismi töliqsiz oilada (ota yoki onasiz) ösgan.
Har beşinçi holatda oilaning töliqsizligi ota yoki onaning sudlangani bilan boğliq bölmoqda. Ota yoki onaning jinoyat yöliga kirişi bolaning ham şu yöldan borişiga turtki böluvçi asosiy omillardan biri sanaladi.
Psixolog Zebiniso Ahmedova voyaga yetmaganlarni jinoyat qilişga undaydigan omillar haqida gapirar ekan, ular orasida bolaga yetkazilgan ruhiy va jismoniy jarohatni alohida ta’kidlaydi.
«Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining aksariyati ularning ota-onadan ajralib çiqiş jarayonida sodir böladi, ya’ni ösmirlarda mustaqil qaror qabul qiliş jarayoni boşlangan davrda. Ösmirning voyaga yetiş davri 9-12 yoş va 12-16 yoşga bölinadi. Şu vaqtda bolada öziga işonç va hurmat şakllantirilmasa, uning orzulari ota-ona tomonidan qöllab-quvvatlanmasa, u özini heç narsaga qodir emasdek his qila boşlaydi. Natijada bu bola dunyoga nafrat bilan ulğayişi mumkin.
Agar oilada bolaning ehtiyojlari va taşvişlari bilan heç kim qiziqmasa, unga beparvo bölib, fikri e’tiborga olinmasa va unga nisbatan zöravonlik işlatilsa, u öz şaxsini buzğunçilik va jinoyat sodir etiş orqali körsatişga harakat qiladi. Xullas, bolaga ruhiy va tan jarohati yetkazilsa, u boşqalarga nisbatan şunday harakat qilişdan qörqmay qöyadi.
Ba’zan bir sinfdan oliygohlarga juda kamçilik öqişga kiradi. Qolganlarida esa jamiyatga kerak ekanliklari töğrisida şubha paydo bölişi mumkin. Keyin ular mardikorlik yoki şunga öxşaş mayda işlarga özini uradi. Buning oldini oliş uçun ota-ona farzandini ilm olişga rağbatlantirişi, öqişi uçun zarur şaroitni yaratib berişi kerak.
Şuningdek, ota-ona bilan işlaş, ularga bola parvarişi va tarbiyasini örgatiş juda muhim. Çunki ösmirlar jinoyatçiligi köpinça uydagi muhit bilan boğliq böladi», – deydi ruhşunos.
Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etiş böyiça dasturiy prinsiplarga köra, ösmir bolalar tarbiyasi va himoyasi bilan nafaqat huquqni muhofaza qiliş organlari, balki oila, ijtimoiy institutlar, maktab, mahalla va yoşlar taşkilotlari ham şuğullanişi kerak.
Körinmas va qudratli ta’sir vositasi
1990-2000 yillarda bolalarning böş vaqti “dendixona”larda videoöyinlar öynaş bilan ötardi. Bugun esa bolalarning ongini ijtimoiy tarmoqlar egallab ulgurdi. Ilgari “yetti yoşdan yetmiş yoşgaça” degan ibora bölardi. Hozir öşa iborani axborot texnologiyalari sohasida heç ikkilanmasdan “ikki yoşdan yetmiş yoşgaça” deb qöllaş mumkin. Çunki bugun ikki yoşli bolakay ham telefondan qanday foydalanişni, Youtube’da rolik körişni birovning yordamisiz uddalayapti. TikTok, Instagram, ÇatGPT’ni eşitmagan, ulardan foydalanmagan, turli «vayn»lar, «prank»larni takrorlab körmagan bolalar qolmayapti.
Şu bilan birga, dunyoning aksar mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’siri haqida fikrlar yangramoqda. Ularning deyarli barçasida bir xil muammolar tilga olinmoqda: zararli kontent, ruhiy zöriqiş, soğlik va vaqt yöqotilişi, ya’ni bolalarning öqişi, ruhiy va jismoniy holatiga salbiy ta’sir.
Hatto ötgan yil dekabrda bölib ötgan «Katta yigirmatalik» uçraşuvida bu borada Avstraliyada çiqarilgan qonun muhokama ham qilingandi. Öşanda Avstraliya boş vaziri Entoni Albaniz şunday degandi: «Butun dunyo Avstraliya ortidan boradi. Hukumatlar bolalar, ularning ota-onalari, mahalliy jamoat taşkilotlari va soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislarining fikrlariga quloq soladi».
2019 yilda Buyuk Britaniyada 14 yoşli 10 904 nafar ösmirning psixologik holati örganilgan va quyidagi xulosaga kelingan: bolalar ijtimoiy tarmoqlarda qançalik köp vaqt ötkazsa, ularda onlayn ta’qib (bulling) va özini boşqalar bilan soliştiriş natijasida paydo böladigan işonçsizlik hissining ortişi sababli depressiya va uyqusizlik xavfi şunçalik yuqori böladi.
2020 yilda Islandiyada 16 yoşli ösmirlarning kayfiyatini tahlil qiliş asosida ötkazilgan tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarda köp vaqt ötkaziş nafaqat depressiya va xavotir, balki jismoniy holatning yomonlaşişiga ham olib kelişi aniqlangan.
AQŞda 9–10 yoşli 11 876 nafar bolaning psixologik holatiga oid ma’lumotlar asosida quyidagi xavotirli jihat aniqlangan: bola bir yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda qançalik köp vaqt ötkazsa, keyingi yilda unda depressiya rivojlaniş xavfi şunçalik yuqori bölgan.
2024 yili Oksford universiteti mutaxassislari Buyuk Britaniya yoşlarining mental salomatligiga oid keng kölamli tadqiqotning dastlabki natijalarini taqdim etdi: ular ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan vaqt miqdori bilan xavotir va depressiya darajasining oşişi örtasida boğliqlik borligini aniqladilar.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2024 yildagi hisobotida aytilişiça, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik belgilari kuzatiladigan ösmirlar uluşi dunyo böylab 11 foizga yetgan.
Yevrokomissiya xulosasiga köra, TikTok’ning çeksiz «lenta», videoni avtomatik körsatiş, push-xabarnomalar va yuqori darajada şaxsiylaştirilgan tavsiyalar tizimi kabi funksiyalari foydalanuvçilarda qaramlik keltirib çiqaradi.
«Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik bolalar va ösmirlarning rivojlanayotgan ongiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonun platformalarga ulardan foydalaniş oqibatlari uçun javobgarlikni yuklaydi. Biz Yevropada farzandlarimiz va fuqarolarimizni internetda himoya qiliş uçun qonunlarimizga rioya qilinişini ta’minlaymiz», — dedi YeK raisining ijroçi örinbosari Xenna Virkkunen.
Neyrobiolog Jared Kuni Xorvatning ta’kidlaşiça, 1997 yildan 2010 yilgaça tuğilgan avlod maktablarda raqamli texnologiyalarga haddan taşqari tayanib qolgani sababli kognitiv rivojlanişdan töxtab qolgan.
Neyrobiologning sözlariga köra, inson miyasi katta kitoblar va murakkab ğoyalarni qisqaça ifodalovçi lahzalik videolar yoki jumlalar orqali örganişga moslaşmagan.
«Ösmir uyğoq bölgan vaqtining yarmidan köpini ekranga tikilib ötkazadi. Aslida insonlar biologik jihatdan boşqa insonlardan va çuqur örganiş orqali bilim olişga «dasturlangan», — dedi Xorvat.
ÇeKLOV VA TAQIQLAR
2025 yildan beri bolalar va ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklayotgan mamlakatlar safi kengayib bormoqda.
Avstraliya. Hozirça Avstraliya çeklovlar borasida eng radikal mamlakat hisoblanadi. 2024 yil noyabrida u dunyoda birinçi bölib 16 yoşga tölmagan bolalarga ijtimoiy internet platformalarni taqiqlaş böyiça qonunni qabul qildi. Çeklovlar faqat maxsus röyxatga kiritilgan platformalarga taalluqli bölib, ular qatoriga, masalan, YouTube va TikTok kiradi.
Qonun çiqaruvçilar va hukumat bu taqiqlarni şunday asoslaydi: ösmirlarni rivojlanişning muhim bosqiçida himoya qiliş kerak va bu orqali mahsulot mexanikalari, ya’ni odamni zararli kontentni körişi mumkin bölgan ilovalarda uzoq vaqt uşlab turadigan maxsus usullar zararini kamaytiriş lozim.
Yoşga oid çeklovlarga rioya qiliş mas’uliyati ota-onalarga emas, balki bevosita platformalarning öziga yuklatilgan. Uşbu qonunni buzganlik uçun kompaniyalarga 50 million Avstraliya dollarigaça (35,5 million AQŞ dollari) jarima közda tutilgan.
Qonun 2025 yil dekabrda kuçga kirdi va taqiq joriy etilganidan keyin bir oy içida texnologik kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlardagi 4,7 million akkauntga kirişni çekladi. Bu Avstraliyadagi 8 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 2,15 million nafar bolalar sonidan ança köp. Demak, köplab bolalar bir neçta akkauntni röyxatdan ötkazgan.
Fransiya 2023 yil iyulda «raqamli baloğat yoşi» haqidagi qonunni qabul qildi: 15 yoşgaça bölgan bolalar ijtimoiy tarmoqlarda faqat ota-onalarining ruxsati bilan akkaunt oçişi mumkin.
2026 yilning yanvarida Fransiya Milliy majlisi (parlament quyi palatasi) 15 yoşdan kiçik ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Loyiha muallifi, «Uyğoniş» partiyasi deputati Lora Millerning sözlariga köra, mazkur qonun loyihasining vazifasi ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri ortib borayotgan bir paytda «fransuz yoşlarining mental salomatligini himoya qiliş»dan iborat.
Parlament a’zolari tomonidan ma’qullangan uşbu qonun yoşlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaş bilangina çeklanmaydi. Unda Fransiyadagi örta maktablar hududida mobil telefonlardan foydalanişni taqiqlaş ham nazarda tutilgan.
Endi uşbu qonun loyihasi Fransiya senati (parlamentning yuqori palatasi)da körib çiqiladi va agar tasdiqlansa, prezident Emmanuel Makron tomonidan imzolanadi. Qonun 2026 yil 1 sentabrdan kuçga kiradi.
«15 yoşdan kiçik bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş — bu olimlar tavsiya qilayotgan va aksariyat fransuzlar talab qilayotgan çoradir. Hukumat bilan samarali hamkorlikdan söng, Milliy majlis buni ma’qulladi. Bu muhim bosqiç. Endi Senat bu konstruktiv işni davom ettirişi kerak.
Bu taqiq kelgusi öquv yili boşlanişiga qadar amalga kirişi uçun men hukumatdan tezlaştirilgan tartibni qöllaşni söradim. Çunki farzandlarimizning miyasi sotilmaydi — na Amerika platformalariga, na Xitoy ijtimoiy tarmoqlariga. Ularning orzulari algoritmlar tomonidan boşqarilmasligi kerak. Biz Fransiyaga va uning qadriyatlariga işonadigan avlodni istaymiz. 1 sentabrdan boşlab farzandlarimiz va ösmirlarimiz nihoyat himoya qilinadi. Men buni nazorat qilaman», deb yozdi Makron X tarmoğidagi sahifasida.
Fransuz qonun çiqaruvçilarining ta’kidlaşiça, bolalar ijtimoiy tarmoqlarda köpinça kiberta’qibga duç kelişadi. Şuningdek, bu taqiq bolalarning öqişi va soğliğiga ijobiy ta’sir körsatadi, deb hisoblaşmoqda: ijtimoiy tarmoqlar sababli bolalar qöliga kitob olmay qöyişgan va kam uxlaşmoqda.
Röyxatdan ötiş qoidalariga rioya qilmaganlik uçun ijtimoiy platformalar global daromadining 1 foizigaça miqdorda jarimaga tortilişi mumkin.
Portugaliyada fevral oyida ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş yoşiga oid qonun loyihasi birinçi öqişdan ötdi. Loyihaga köra, 13 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar va messenjerlardan faqat ota-ona yoki vasiylarning aniq bildirilgan va tasdiqlangan roziligi bilan foydalanişlari mumkin.
Xitoy. Bolalarning ijtimoiy platformalarga kirişini çeklovçi aniq qonun mavjud emas. Ammo bu mamlakatda internet qattiq tartibga solinadi va Xitoy hukumatiga şubhali köringan har qanday kontent darhol bloklanadi.
Şu bilan birga, ayrim kompaniyalar voyaga yetmaganlar uçun mustaqil ravişda çeklovlar joriy etişi mumkin. Masalan, TikTok’ning Xitoy versiyasida 14 yoşdan kiçik foydalanuvçilar uçun smartfonda ilovadan foydalaniş vaqti kuniga 40 daqiqa bilan çeklangan. Şuningdek, bolalar uçun soat 22:00 dan 06:00 gaça ilova işlamaydi.
Malayziya. Mamlakatda ijtimoiy tarmoqlardan voyaga yetmaganlarning foydalanişini taqiqlovçi qonun 2026 yil 1 yanvardan kuçga kirdi. Közda tutilgan çoralar esa keyinroq, foydalanuvçilarning yoşini raqamli tarzda tasdiqlaş mexanizmlari işlab çiqilganidan söng amalga kiritilişi kutilmoqda. Qöşni Indoneziyada esa şunga öxşaş taqiq 2026 yil 28 martdan kuçga kirdi: voyaga yetmaganlarning «yuqori xavfli platformalar»dagi, xususanFacebook, Instagram, TikTok va Roblox’dagi akkauntlari bosqiçma-bosqiç öçirib boriladi.
BAA. 2025 yilda ijtimoiy tarmoqlar hamda barça mahalliy va xorijiy internet xizmati körsatuvçilarga taalluqli qonun qabul qilindi. Uşbu qonun bilan yoşni aniqlaş va kontentni şunga mos ravişda filtrlaş mexanizmlarini joriy etiş majburiy qilindi, şuningdek bolalarning şaxsiy ma’lumotlarini töplaş taqiqlandi.
Vetnamda 2024 yildan beri amal qilayotgan dekretga köra, 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar uçun ijtimoiy tarmoqlar va öyin platformalaridagi akkauntlar ota-ona yoki vasiylar tomonidan röyxatdan ötkazilişi kerak. Şuningdek, kontentni nazorat qiliş ham ota-onalar zimmasiga yuklatilgan.
Bundan taşqari, onlayn öyinlar uçun yoşga qarab toifalaş tizimi joriy etilgan hamda voyaga yetmagan foydalanuvçilarning öyin platformalarida ötkazadigan vaqti çeklangan.
Braziliya. 2025 yil sentabrda Lotin Amerikasining eng yirik davlati hukumati ijtimoiy platformalarni foydalanuvçilar yoşi bilan boğliq qator yangiliklar kiritişga majbur qildi. Ular ota-onalarga 16 yoşdan kiçik bolalarning akkauntlariga kiriş imkonini berişi va yoşni tekşiriş mexanizmlarini joriy etişi şart.
Bu çeklovlar ösib kelayotgan avlodni zararli axborotdan himoya qiliş istagi bilan izohlandi. Qonun çiqaruvçilarni, ayniqsa yoş inflyuyenserlar tarqatayotgan kontent taşvişga solmoqda.
Yangi qoidalarga rioya qilmagan ijtimoiy tarmoqlar kompaniyaning Braziliya hududidagi umumiy daromadining 10 foizigaça miqdorda jarimaga tortilişi mumkin.
AQŞ. AQŞda ham umummilliy taqiq yöq. Lekin 13 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni taqiqlovçi va 17 yoşgaça bölganlar uçun kontentni çeklovçi qonun loyihasi Kongressda hozirça dastlabki muhokama bosqiçida turibdi. Şu bilan birga, ştatlar darajasida ayrim çeklovlar joriy etilmoqda. Masalan, Yutada voyaga yetmagan foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötiş uçun öz yoşini tasdiqlaşi, ota-onalar roziligini taqdim etişi va ularga öz akkauntlariga kiriş imkonini berişi kerak.
Rossiya. Rossiyada nisbatan yumşoq çoralar amal qiladi: VK ijtimoiy tarmoğida 14 yoşdan kiçik foydalanuvçi röyxatdan öta olmaydi, TikTok va X’da esa faqat 13 yoşdan boşlab akkaunt oçiş mumkin.
Bundan taşqari, ayrim hududlarda mahalliy miqyosdagi qoidalar joriy etilmoqda. Masalan, Sverdlovsk viloyatida 24 soatlik monitoring tizimi işga tuşirildi — mutaxassislar ösmirlar orasida destruktiv xulq-atvorni aniqlaş uçun 4,6 million akkauntni kuzatib boradi.
Tekşiriladigan materiallar qatoriga taqiqlangan oqimlarga qiziqiş yoki öz joniga qasd qilişga moyillikni körsatişi mumkin bölgan postlar kiradi. Tizim barça şubhali postlar, fotosuratlar va yozuvlarni saqlab qoladi va bir neça soat içida Ta’lim vazirligiga uzatadi.
Tataristonda ham öqituvçilar öquvçilarning çatlari, kanallari va akkauntlarini monitoring qiladigan böldi.
Öquvçilarning ota-onalaridan bolaning barça akkauntlari haqidagi ma’lumotlarni, jumladan telefon raqami va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari havolalarini taqdim etiş söralmoqda.
Uşbu çora Rossiya böylab bir oy içida öquv muassasalarida sodir bölgan beşta hujumdan keyin qabul qilindi.
Yana qaysi davlatlarda çeklovlar muhokama qilinmoqda?
Qozoğiston. Mamlakat Ta’lim vazirligi SIM-kartalarni bolalar uçun alohida röyxatdan ötkaziş, 14 yoşgaça bölganlar foydalanadigan kontentni nazorat qiliş va maktablarda mediasavodxonlikni kuçaytiriş kabi takliflarni körib çiqmoqda.
«Hozir çeklovlarni körib çiqyapmiz — bir neçta takliflar bor. Vazirlikda işçi guruh tuzildi. Biz bolalarni huquqqa xilof kontentdan himoya qilmoqçimiz, bu köpgina mamlakatlarda qöllanadi. Masala oçiq va jamoatçilik bilan muhokama qilinadi, jumladan ota-onalar, pedagoglar va OAV bilan ham», — dedi ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova.
U taşabbus hozirça muhokama bosqiçida ekanini, yakuniy qarorlar hali qabul qilinmaganini ta’kidladi.
Ötgan yil dekabrida Qozoğistonda 16 yoşdan kiçik foydalanuvçilarning onlayn-platformalarda röyxatdan ötişiga taqiq joriy etuvçi qonun loyihasi tayyorlangan edi.
Daniya. 2025 yil oxiridan buyon 15 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni taqiqlaş, lekin ota-onalar ruxsat bersa, 13 va 14 yoşdagi bolalar uçun istisnolar bölişi közda tutilgan qonun loyihasi körib çiqilmoqda.
Çeklovlarni joriy etişning asosiy sababi - ösmirlarning ruhiy salomatligi. Daniyalik ekspertlar bolalarda xavotir hissining ortişi va diqqat susayişini juda erta yoşda ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş bilan boğlaşmoqda.
Norvegiya. Mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötiş uçun 13 yoşlik çegara amal qiladi. 2025 yilda hukumat 15 yoşdan kiçik foydalanuvçilarga ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişni taqiqlaydigan va yoşni tasdiqlaşning qat’iy tizimini joriy etadigan qonun işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.
Bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy ta’sirlardan himoya qiliş yangi çeklovlar uçun asos sifatida körsatilmoqda.
Ispaniya. Mamlakatda hukumat tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi faol muhokama qilinmoqda, unga köra 16 yoşgaça bölgan bolalar ijtimoiy tarmoqlarda faqat ota-onalar yoki vasiylarning ruxsati bilan röyxatdan ötişi mumkin böladi. Çeklovdan maqsad — Norvegiyadagi singari bolalarni ularning rivojlanişiga zarar yetkazişi mumkin bölgan kontentdan himoya qiliş.
«Ijtimoiy tarmoqlar qonunlarga amal qilinmaydigan, jinoyatlarga toqat qilinadigan, dezinformatsiyani haqiqatdan ustun qöyiladigan, foydalanuvçilar nafrat bilan hujum qilinadigan barbod bölgan davlatga aylandi. Bolalarimiz heç qaçon yolğiz qoliş uçun möljallanmagan makonga tuşib qoldi... Biz endi bunga çidaş niyatida emasmiz. Biz ularni raqamli Yovvoyi Ğarbdan himoya qilamiz», dedi Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Dubayda bölib ötgan Butunjahon hukumat sammitida.
Gretsiya. Mamlakat boş vaziri Kiriakos Mitsotakis 15 yoşdan kiçik bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kiriş taqiqlanişini ma’lum qildi. Bu boradagi qaror yozda qabul qilinişi, 2027 yil 1 yanvardan kuçga kirişi rejalaştirilgan.
Mitsotakisning sözlariga köra, unga ota-onalardan ijtimoiy tarmoqlarning bolalar ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida köplab şikoyatlar kelib tuşmoqda.
«Bolalarning köpçiligi ijtimoiy tarmoqlardagi taqqoslaşlar va izohlardan çarçaganini aytişmoqda. Olimlar bola soatlab ekran qarşisida ötirsa, uning miyasi dam olmasligini ta’kidlaşmoqda», — dedi u.
«Agar biror narsa bizda stress keltirib çiqarsa, holatimizni yomonlaştirsa uni töxtatişimiz kerak. Şu bilan birga, bizning maqsadimiz sizlarni texnologiyalardan mahrum qiliş emas, balki bu texnologiyalarni ilhom, bilim va ijod manbai sifatida saqlab qolişdir», — deya qöşimça qildi Mitsotakis.
ÇORALAR TURLIÇA, MAQSAD BIR
Yuqorida keltirilgan misollardan körinib turibdiki, bolalar va ösmirlarga ijtimoiy tarmoqlar ta’sirini çeklaş çoralari turliça bölişi mumkin. Biroq ularning maqsadi hamma joyda bir xil: ösib kelayotgan avlodning xavfsizligi va ruhiy salomatligiga ğamxörlik qiliş.
Şu sababli ham turli mamlakatlarda ota-onalar hukumat tomonidan qabul qilinayotgan çoralarni qöllab-quvvatlayotgani bejiz emas. 2025 yilda dunyoning 30 mamlakatida yoşi kattalar örtasida ötkazilgan Ipsos xalqaro tadqiqoti natijalariga köra, sörovda qatnaşganlarning ön nafaridan yetti nafari 14 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş tarafdori ekanligini bildirgan.
Masalan, allaqaçon taqiq joriy etilgan Avstraliyada 79 foiz, Indoneziyada 87 foiz, Fransiyada esa 85 foiz respondent bu çorani qöllab-quvvatlagan. Eng kam qöllab-quvvatlaş Germaniya va Tailandda kuzatilgan — har ikkisida 53 foizdan.
Şu bilan birga, çeklov çoralarini qöllab-quvvatlovçilar soni 2024 yildagiga nisbatan Hindiston, Tailand va Vengriyadan taşqari barça mamlakatlarda oşgan.
Germaniyada KB&B marketing kompaniyasi tomonidan ötkazilgan sörovnomada qatnaşgan ota-onalarning 58 foizi 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlaş ğoyasiga ijobiy munosabatda ekanini bildirgan.
Tadqiqot ma’lumotlariga köra, Germaniyadagi aksariyat oilalarda bolalarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi böyiça turli çeklovlar allaqaçon joriy etilgan (ijtimoiy tarmoqdan foydalanişni kuniga bir neça soatdan oşirmaslik, faqat muayyan vaqtlarda yoki haftaning ma’lum kunlarida foydalanişga ruxsat beriş).
Nemis ota-onalari ijtimoiy tarmoqlarning voyaga yetmaganlarga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça eng samarali çoralar orasida platformalar funksiyalarini yoşga qarab çeklaşni birinçi öringa qöyişgan.
Bu bilan ijtimoiy tarmoqlar bolalarga faqat salbiy ta’sir körsatadi degan fikrni aytişdan yiroqmiz. Yoşlarning axloqiy va ruhiy holatiga ta’sir qiluvçi omillar juda köp. Ijtimoiy tarmoqlar esa ana şu omillar qatorida ta’sirçan, şamol qaysi tomonga essa öşa tomonga egilib ösadigan nihol kabi bolalarning ongiga salbiy ta’sir körsatişini ham e’tirof etiş joiz. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini huquqiy jihatdan muvofiqlaştiriş masalasida qonun çiqaruvçilar, huquq-tartibot organlari, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar qanday fikrda?