Toşkentdagi çorrahalar «Yaşil tölqin» tizimi orqali tartibga solinadi. Rossiyada halok bölgan özbekistonliklarning jasadi vatanga qaytarildi. Surxondaryo hokimi transport sohasidagi muammolar va korrupsiya holatlari haqida gapirdi. Toşkentda haddidan oşgan mototsiklçilar jazolandi. Hokimliklarda korrupsion jinoyatlar keskin köpaygani ma’lum böldi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Toşkentdagi çorrahalar «Yaşil tölqin» tizimiga ulanadi

Toşkentda transport harakatini yaxşilaş maqsadida çorrahalardagi svetoforlar bosqiçma-bosqiç yagona «Yaşil tölqin» tizimiga ulanadi. Dastlab Fitrat va Haydar Aliyev köçalari kesişmasida svetofor iş rejimi qayta sozlanib, çorrahadan ötiş vaqti 2 daqiqagaça qisqardi.

Yöl harakatini taşkil etiş markazi mutaxassislari çorrahadagi vaziyatni kuzatişda davom etmoqda. Şuningdek, ertalabki va keçki tiğiz vaqtlar uçun svetoforning alohida iş rejimlarini joriy etiş rejalaştirilgan.

Keyingi bosqiçda qöşni çorrahalardagi svetoforlar ham qayta sozlanib, ular yagona «Yaşil tölqin» tizimiga ulanadi. Uşbu tizim ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarga bir neçta çorrahadan ketma-ket yaşil çiroqda ötiş imkonini berişi kutilmoqda. Bu transport vositalarining ortiqça töxtaşini kamaytiriş va yöllardagi harakatni yanada ravonlaştirişga xizmat qiladi.

Rossiyada halok bölgan özbekistonliklarning jasadi vatanga qaytarildi

Ukraina dronlarining 10-avgust kungi Nijnekamsk şahriga uyuştirgan hujumi oqibatida halok bölgan 8 nafar özbekistonlikning jasadi 12-avgust kuni vatanga keltirildi. Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, buning uçun Özbekiston Harbiy havo kuçlari samolyoti maxsus reysni amalga oşirdi.

Özbekistonliklar 10-avgust kuni Nijnekamsk şahriga Ukraina tomonidan uyuştirilgan dron hujumlari vaqtida halok bölgan edi. Ular quriliş sohasida işlagan. Ularning jasadi qaytarilişidan oldin Nijnekamsk masjidlaridan birida janoza namozi öqildi.

Qurbonlardan taşqari, yana bir neça özbekistonliklar turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonada qolmoqda.