Kun.uz’ning «Özbekneftgaz» kompaniyasidagi manbasi xabar berişiça, 3 may soat 00:00dan AI-80 markali benzin narxi 1 litri uçun 4500 sömdan 4000 sömga tuşirilişi rejalaştirilmoqda.
Qayd etilişiça, uşbu masala böyiça tegişli qaror qabul qilinişi va e'lon qilinişi kutilyapti.
Aprel oy boşida Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilinişi ma'lum böldi. Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yonilğisi birja savdolari orqali sotila boşlanadi.
Özbekistonda 2019 yilning 15 avgust kuni AI-80 markali benzinning bir litri uçun 4 500 söm narxi belgilangan. Öşanda bu markadagi yoqilği 500 sömga oşirilgandi.
Eslatib ötamiz, 26 mart kunidan Özbekistonda Ai-92 markali benzinning narxi 6200 sömdan 6000 sömga pasaytirilgan edi. 29 aprel kunidan boşlab bu mahsulotning narxi 5500 söm qilib belgilandi.
Şuningdek, «Özbekneftgaz» yonilği quyiş şoxobçalarida 13 apreldan boşlab AI-91 markali benzinning 1 litri 200 sömga arzonlaşib, 5600 sömdan sotila boşlanişi xabar qilingandi.

















